Tramp Baydenning sog‘lig‘i bo‘yicha surishtiruv o‘tkazishni buyurdi
Uning so‘zlariga ko‘ra, sobiq prezidentning yordamchilari muhim hujjatlarga Jo Bayden o‘rniga imzo qo‘yish uchun avto-imzodan noqonuniy foydalangan bo‘lishi mumkin.

Foto: Getty images
AQSh prezidenti Donald Tramp sobiq hamkasbi Jo Baydenning sog‘lig‘i, shuningdek, uning yordamchilari tomonidan prezidentning avto-imzosidan foydalanish holatlarini tekshirishni buyurdi. Bu haqda Oq uy e’lon qilgan memorandumda aytiladi.
Hujjatda ta’kidlanganidek, Baydenning ruhiyati yillar davomida yomonlashgan. Donald Tramp so‘zlariga ko‘ra, sobiq prezidentning yordamchilari muhim hujjatlarga Jo Bayden o‘rniga imzo qo‘yish uchun avto-imzodan noqonuniy foydalangan bo‘lishi mumkin. Avto-imzo ayniqsa uning prezidentlik muddatining ikkinchi yarmida faol ishlatilgan, deyiladi memorandumda.
Bosh prokuror Oq uyning yuridik maslahatchisi bilan birgalikda tekshiruv o‘tkazadi va avto-imzodan foydalanishga kim buyruq bergani, shuningdek, qaysi hujjatlar, jumladan, avf etish to‘g‘risidagi farmonlar va ijro farmoyishlari shu tarzda qanday imzolanganini aniqlaydi.
Tekshiruv shuningdek, Jo Bayden sog‘lig‘ini yashirganmi yoki uning ruhiy holati haqida yolg‘on bayonot berilganmi yoki yo‘qligini tekshiradi.
Mavzuga oid

17:35
Tramp Eron oliy rahbarini «sharmandali o‘limdan» qutqarganini aytdi

15:19
AQSh elchisi Rossiya bilan Pushkin satrlarini yozib xayrlashdi

14:55
Kongo DR va Ruanda Vashingtonda tinchlik shartnomasini imzoladi

14:52