O‘zbekiston | 10:21 / 13.06.2025
1076
1 daqiqa o‘qiladi

Aybsizlik prezumpsiyasiga oid normalar takomillashtirilyapti

Prezident tomonidan «Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga sudlar faoliyatining hamda fuqarolar huquq va erkinliklarining kafolatlarini kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun imzolandi.

Jinoyat-protsessual kodeksga kiritilayotgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, aybdorlikka oid barcha shubhalar, agar ularni bartaraf etish imkoniyatlari tugagan bo‘lsa, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki mahkumning foydasiga hal qilinishi kerak

Shuningdek qonun qo‘llanayotganda kelib chiqadigan shubhalar ham gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki mahkumning foydasiga hal qilinishi kerak.

Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘zining aybsizligini isbotlashi shart emas va istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi mumkin.

Agar shaxsning o‘z aybini tan olgani unga qarshi yagona dalil bo‘lsa, u aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin.

Ushbu o‘zgartirishlar qonunchilikni Konstitutsiyaga muvofiqlashtirishga qaratilgan.

Mavzuga oid