TMK – O‘zbekistonni kritik minerallar sohasida global sahnaga olib chiqayotgan brend
Toshkent Xalqaro Investitsiya Forumi – Markaziy Osiyoning eng yirik va nufuzli iqtisodiy maydonlaridan biri bo‘lib, O‘zbekistonning barqaror iqtisodiy o‘sishi, modernizatsiya jarayonlari hamda sarmoyaviy salohiyatini dunyo auditoriyasiga keng miqyosda namoyish etildi.
Bugungi kunda O‘zbekiston kritik minerallar sohasida jahon e’tiborini tortayotgan yangi global markaz sifatida shakllanib bormoqda. Shu bois forum doirasida ushbu strategik yo‘nalish ham asosiy mavzulardan biri sifatida ilgari surilib, xalqaro investorlar va ekspertlar diqqat markazida bo‘ldi.
2024 yilda prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) ushbu sohadagi ulkan salohiyatni ro‘yobga chiqarishga xizmat qilmoqda. TMK butun qiymat zanjiri bo‘ylab – xomashyoni qazib olishdan tortib, metallarni ishlab chiqarish va yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar tayyorlashgacha bo‘lgan bosqichlarni to‘liq amalga oshiradi.
Bugungi kunda kombinat tarkibida 25 dan ortiq turdagi muhim minerallarni qamrab olgan 70 dan ziyod investitsion loyiha ustida ish olib borilmoqda. Ushbu loyihalarning umumiy qiymati 1,6 milliard AQSh dollarini tashkil etadi.
TMK xorijiy investorlar uchun ochiqlik, uzoq muddatli ishonch va barqaror hamkorlik tamoyillariga asoslangan hamkorlik modelini taklif qilmoqda. Hozirgi vaqtda kombinat AQSh, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Daniya kabi davlatlarning yetakchi moliyaviy va texnologik institutlari bilan bevosita hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.
TMK – Forum markazida
Forumning muhim ishtirokchilardan biri — O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) bo‘lib, u forum mehmonlari, xorijiy investorlarga mamlakatning kritik minerallar zaxirasi va sanoat salohiyati, to‘liq qiymat zanjiriga asoslangan yondashuvini namoyish qildi.
Shuningdek, forum doirasida “O‘zbekiston muhim xomashyo uchun strategik markaz sifatida: qiymat zanjiri bo‘ylab investitsiya imkoniyatlari” mavzusidagi panel sessiyasi ham bo‘lib o‘tib, unda Montfort Eurasia direktori Jon Mann muhokama qilinayotgan mavzuning global ahamiyatini ta’kidladi: “Kritik minerallar hozirda butun dunyoda dolzarb mavzu hisoblanadi. Ilg‘or texnologiyalarda asosiy rol o‘ynagani uchun ularga bo‘lgan global talab tez sur’atlar bilan o‘sib bormoqda. Markaziy Osiyo va xususan, O‘zbekiston ushbu mineral resurslarni diversifikatsiya qilishda rol o‘ynashi mumkin”, - dedi u.
Forum davomida bir qator yuqori martabali mehmonlar, jumladan, Bolgariya prezidenti Rumen Radev hamda Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitso TMK stendiga tashrif buyurib, O‘zbekiston texnologik metallar kombinati tomonidan amalga oshirilayotgan kritik minerallar bo‘yicha investitsion loyihalar bilan yaqindan tanishdilar.
TMK forumda – sanoat uchun muhim bo‘lgan yirik hamkorliklar bilan!
Forum doirasida O‘zbekistonning kritik minerallar sohasiga yuqori baho berib, TMK bilan hamkorlik o‘rnatish istagida bo‘lgan investorlar juda ko‘p bo‘ldi. Jumladan, TMK 60 dan ortiq xalqaro kompaniyalar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi, hamkorlik masalalarini muhokama qildi. AQShning Xalqaro Taraqqiyot moliyalashtirish korporatsiyasi, Yevropa investitsiya banki, Shveytsariyaning “ SGS” kompaniyasi, Yaponiyaning “ MITSUI & CO., LTD”, Turkiyaning Eskihisar kompaniyasi va shu kabi qator yirik kompaniyalar TMK loyihalariga katta qiziqish bildirdi. Shu bilan birga, forumda TMK va AQShning nufuzli investitsiya kompaniyasi Cove Capital o‘rtasida anglashuv memorandumi imzoladi. Bu hujjat orqali texnologik metallar sohasida yirik investitsiyalar yo‘lga qo‘yiladi, qo‘shma loyihalar va global tashabbuslar start oladi, O‘zbekiston dunyodagi eng talabgir bozorlarga tayyor mahsulot yetkazib beruvchi markazga aylanadi. Cove Capital boshqaruvchi hamkori Pini Altxausning firkicha, O‘zbekiston AQSh va Yevropa uchun kritik minerallar xomashyosidan tayyorlangan qo‘shimcha qiymat qo‘shilgan mahsulotlarning yetkazib beruvchisiga aylanishga tayyor.
“Toshkent xalqaro investitsiya forumining muhim voqealaridan yana biri – TMK va Shveytsariyaning SGS kompaniyasi o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolangani bo‘ldi. Hamkorlikdan ko‘zlangan asosiy maqsad TMK tomonidan tashkil etilayotgan Markaziy nano-analitik laboratoriyani SGS bilan hamkorlikda tizimli yo‘lga qo‘yishdir.
TMK — yetarlicha ambitsiyali va yirik kompaniya, umid qilamanki, yaqin kelajakda u jahon bozorida tanilgan brendga aylanadi. SGS va TMK o‘rtasida memorandum imzolanishi ilmiy-tadqiqot sohasida yangi bosqichga chiqishga imkon beradi”, - deydi SGS kompaniyasining biznesni rivojlantirish bo‘yicha menejeri Valeriy Kim.
MINEX Central Asia2025 – kritik minerallar global muloqot markazida
TMKning xalqaro tashabbuslaridan yana biri bu “ MINEX Central Asia 2025” forumi. Forum joriy yilning 24-25 iyun kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilib, kritik minerallar, yashil energetika, strategik resurslar va global sheriklik masalalariga bag‘ishlanadi. Forumda yirik geologik kompaniyalar, xalqaro investorlar, ilmiy-tadqiqot institutlari, davlat va xususiy sektor vakillari jalb qilinmoqda. Agar Sizning faoliyatingiz kritik minerallar, yashil iqtisodiyot, strategik resurslar yoki barqaror rivojlanish bilan bog‘liq bo‘lsa, “MINEX Central Asia 2025”forumi Siz uchun ochiq! Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish: https://2025.minexasia.com
Reklama huquqi asosida