Tuxumbarak taomi geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi
Taom asosan Xorazm viloyatida keng tarqalgan bo‘lib, ushbu hududning boy madaniy-gastronomik merosini aks ettiradi.

Foto: zira.uz
Xorazm viloyatiga xos tuxumbarak taomi geografik ko‘rsatkich sifatida Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
«Mazkur taom o‘ziga xos tayyorlanish usuli, tarkibi va qadimiy an’analarga asoslanganligi bilan ajralib turadi. Tuxumbarak asosan Xorazm viloyati aholisi orasida keng tarqalgan bo‘lib, ushbu hududning boy madaniy-gastronomik merosini aks ettiradi», deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi bu taomni huquqiy jihatdan himoya qilish, sifat va nufuzini saqlab qolish hamda Xorazmning hududiy brendi sifatida targ‘ib qilish imkonini beradi.
Adliya vazirligining eslatishicha, geografik ko‘rsatkich — bu mahsulotning ma’lum bir hududga xosligi va aynan shu hudud omillari bilan bog‘liq alohida sifatlarga ega ekanini bildiruvchi intellektual mulk obekti hisoblanadi.
Mavzuga oid

12:45 / 09.06.2025
Xorazmda Rossiyadan deportatsiya bo‘lganlarga soxta pasport tayyorlab berish bilan shug‘ullangan guruh aniqlandi

10:40 / 07.06.2025
Xorazm va Jizzaxda sifatsiz benzinni sotuvga chiqargan zapravkalar aniqlandi

16:24 / 28.05.2025
Akademik Azimboy Sa’dullayev 78 yoshida vafot etdi

19:26 / 26.05.2025