Eron Isroilga yordam berayotgan davlatlarga zarbalar bilan tahdid qildi
Jumladan, Fransiya, Buyuk Britaniya va AQSh bu haqda ogohlantirilgan.

Foto: EPA/TASS
Eron o‘z hududiga hujum qilishda Isroilga ko‘maklashayotgan davlatlarga javob zarbalari bilan tahdid etdi. Bu haqda Eron nashrlariga tayanib «Kommersant» xabar berdi.
Eronning Fars nashri xabariga ko‘ra, Fransiya, Buyuk Britaniya va AQSh bu haqda ogohlantirilgan.
Qayd qilinishicha, Eronning nishonlari orasida Fors ko‘rfazidagi Isroil ittifoqchilarining harbiy bazalari va kemalari bo‘lishi mumkin, jumladan Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy bazalari. Shuningdek, Tehron Qizil dengizdagi kemalarga zarba berishga tayyorligini ma’lum qilgan.
Isroil 13 iyunga o‘tar kechasi Eron hududiga hujum qila boshladi. Oqibatda Eronning bir qancha yuqori martabali harbiy ofitserlari, shuningdek, yadroviy tadqiqotlar bilan shug‘ullanuvchi olimlar halok bo‘ldi. Umuman olganda, Eron hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil hujumlari oqibatida 78 kishi halok bo‘lgan, 320 nafardan ortig‘i jarohatlangan, ular orasida tinch aholi ham bor.
Eron bunga javoban 13 iyun kuni kechqurun Isroilga qarata raketalarni otdi. OAV xabar berishicha, oqibatda 4 kishi halok bo‘lgan, 70 nafardan ortig‘i jarohatlangan.
Mavzuga oid

14:13
Isroil Eron mudofaa vazirligi binosiga va Tehrondagi asosiy neft omboriga hujum qildi

13:22
Tel-Aviv yaqinida turar joy binosi vayron bo‘ldi

10:46
Yaqin Sharqdagi «porox to‘ldirilgan bochka». Isroil va Eron ziddiyati tarixi

08:39