O‘zbekiston | 18:00 / 14.06.2025
1311
2 daqiqa o‘qiladi

“Yoshlar oyligi” doirasidagi navbatdagi bayram Qoraqalpog‘istonda o‘tkazildi

14 iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Yoshlar oyligi” doirasida yoshlar uchun maxsus tadbir tashkil etildi. Gala-konsert formatda o‘tgan bayramda o‘zbek va qoraqalpoq estrada ijodkorlari ishtirok etdi.

Tadbir yuqori kayfiyatda o‘tdi va yoshlar uchun bayramona muhit yaratildi. Qo‘shiqlar, ijodiy chiqishlar va interaktiv loyihalar orqali yoshlar uchun madaniy-ma’rifiy dastur taqdim etildi.

Ma’lumot uchun, “Yoshlar oyligi” joriy yilda mazmun jihatdan keng qamrovli yo‘nalishlarni o‘z ichiga olmoqda. Xususan, ilm-fan, sun’iy intellekt, zamonaviy kasblar, xorijiy tillarni o‘rganish, kitobxonlikni rag‘batlantirish va intellektual o‘yinlar kabi sohalarga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bungacha ushbu oylik doirasida bayram tadbirlari quyidagi hududlarda o‘tkazilgan:

- 2 iyun — Andijon viloyati;

- 3 iyun — Farg‘ona viloyati;

- 4 iyun — Namangan viloyati;

- 7 iyun — Sirdaryo viloyati;

- 11 iyun — Xorazm viloyati;

- 12 iyun — Qoraqalpog‘iston Respublikasi.

Hozirda “Yoshlar oyligi”ning barcha viloyatlardagi tadbirlari davom etmoqda. Mazkur loyiha orqali yoshlar salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni zamonaviy bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlash maqsad qilingan.