Eron va husiylar Isroilga zarbalar berdi
Eron–Isroil urushining 4-kuni boshlanar ekan, har ikki tomon ham yuzlab dron va raketalar bilan zarba almashmoqda. Eron maydonda yolg‘iz qolmadi, Yaman husiylari ham ozmi-ko‘pmi raketalar bilan Isroilni bezovta qilib turishibdi. Aftidan Netanyahu Eronga past baho bergan ko‘rinadi, ko‘plab tarqalgan lavhalarda Isroilning zararlangan hududlari bamisoli G‘azodagi binolardek ko‘rinish hosil qilgan. Urushning dastlabki kunlaridan farqli ravishda Eron zarbalari natijasida Isroilda vayron bo‘lgan nishonlar soni ko‘paygan.

Isroil mudofaa kuchlari Eron tomonidan Isroilga yo‘naltirilgan 100 ga yaqin dronni muvaffaqiyatli zararsizlantirganini ma’lum qildi.
Shuningdek, Mashhaddagi Eron aviatsiyasiga tegishli yoqilg‘i tashuvchi samolyot Isroil tomonidan nishonga olingan. Eron tomonidan Tel-Aviv, Bat Yam, Tamra, Haifa va boshqa markaziy isroil shaharlariga raketa zarbalari berildi.
Bat Yamdagi zararlardan 200 dan ortiq kishi jabrlangan, ko‘plab shahar inshootlari vayron qilingan. Ikki tomondan ham zarbalar davom etayotgani uchun ayni vaqtda qancha odam halok bo‘lganini aniq aytish qiyin. Isroil F-35 va F-15 qiruvchi samolyotlari orqali Tehron neft bazasi, Mashhaddagi harbiy yoqilg‘i ombori, Hamadon radar markazi va Isfahon dron bazasiga zarbalar berdi. Eron aviatsiyasi logistik liniyasiga (yoqilg‘i va dronlarni yetkazish zanjiri) razvedka asosida rejalashtirilgan hujumlar uyushtirildi. Al Jazeera manbalariga ko‘ra Eronning hujumlari Isroil elitasi va olimlariga qaratilgan. Netanyahu kecha Fox newsʼga bergan intervyusida Eron razvedka xizmati boshlig‘i va uning o‘rinbosari o‘ldirilganini da’vo qilgan. 15 iyun kuni bo‘lishi rejalashtirilgan Eron–AQSh yadro muzokaralari to‘xtatilgan edi, Eron tashqi ishlar vaziri aytganidek, endi bu muzokaralarda ma’ni qolmadi. AQSh prezidenti Donald Tramp Truth Social tarmog‘idagi bayonotida Eronga nisbatan jiddiy ogohlantirish berdi. U agar Eron AQShga qarshi hujum amalga oshirsa, AQSh “ilgari kuzatilmagan darajada zarba” berishini bildirdi. Shu bilan birga, Tramp AQSh Isroilning o‘tgan kechadagi Eronga hujumiga aloqador emasligini ta’kidladi: “Biz Eron va Isroil o‘rtasida osonlikcha kelishuvga erishib, bu qonli nizoni tugatishimiz mumkin” degan u. Bugun tongda AQSh harbiy havo kuchlarining 20 dan ortiq havoda yoqilg‘i quyuvchi samolyotlari Qo‘shma Shtatlardagi bazalarini tark etib, Yevropaga yo‘l oldi, balki safar Yaqin Sharq saridir. Reuters manbalariga ko‘ra Eron Isroil hujumlari tugamagunicha otashkesim bo‘yicha muzokaralarga tayyor emasligini ma’lum qildi.
“Eronliklar Qatar va Ummon vositachilariga shunchaki ma’lumot berib qo‘ydi: ular jiddiy muzokaralarni faqat Isroilning profilaktik hujumlariga javob berilgandan keyin boshlashlari mumkin”, - degan manba.
Mavzuga oid

23:37 / 16.06.2025
Isroil armiyasi Eronga qarshi harbiy operatsiyaning birinchi bosqichi yakunlanganini e’lon qildi

22:54 / 16.06.2025
Netanyahu Ali Xomanaiyning o‘ldirilishini istisno etmadi

21:18 / 16.06.2025
Isroil Eron davlat televideniyesi qarorgohiga zarba berdi

19:57 / 16.06.2025