Erondagi o‘zbekistonliklar Turkmaniston orqali evakuatsiya qilindi
Yaqin Sharqdagi mavjud vaziyat munosabati bilan Turkmaniston xorijlik diplomatlar va ularning oila a’zolari, shuningdek, hozirda Eronda bo‘lgan boshqa fuqarolarning mamlakatdan chiqib ketishini ta’minlash choralarini ko‘rmoqda.

Foto: iStock
Bugungi kunga qadar Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston, Ruminiya va boshqa davlatlardan 120 nafarga yaqin fuqaro Turkmaniston davlat chegarasini nazorat-o‘tkazish punktlari orqali kesib o‘tgan.
Kelganlar transport vositalari, oziq-ovqat, mehmonxonalar va zarur ashyolar bilan ta’minlandi.
Gumanitar missiyani amalga oshirish doirasida Turkmanistonning tegishli davlat organlari xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va xalqaro tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qilyapti.
Turkmaniston BMT Bosh assambleyasi tomonidan o‘z tashabbusi bilan e’lon qilingan “Xalqaro tinchlik va ishonch” yilida insonparvarlik, xalqaro hamkorlik va yaxshi qo‘shnichilik tamoyillariga sodiq ekanini ta’kidladi.
Mavzuga oid

01:07
TIV Eron va Isroildagi o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi

00:11
“Eron urushni qabul qildi, endi ortga yo‘l yo‘q” – siyosatshunos

23:37 / 16.06.2025
Isroil armiyasi Eronga qarshi harbiy operatsiyaning birinchi bosqichi yakunlanganini e’lon qildi

22:54 / 16.06.2025