OAV: Xomanaiy Isroil zarbalaridan bunkerda yashirinyapti
Eron oliy rahbari Isroil amaliyoti boshlanganidan bir necha soat o‘tib yerosti bunkeriga kirib ketgan. Xomanaiy joylashgan inshoot Tehron shimoli-sharqida joylashgan, deya xabar berdi Iran International.

Foto: REUTERS
16 iyun, dushanba kuni Iran International agentligi manbalarga tayanib xabar berishicha, Eron oliy rahbari Ali Xomanaiy Isroilning Islom Respublikasiga qarshi operatsiyasi boshlanganidan bir necha soat o‘tib yerosti bunkeriga kirib olgan. Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, Xomanaiy panoh topgan obekt Tehronning shimoli-sharqida, Lavizan tumanida joylashgan.
Boshpanada oliy rahbar bilan birga uning oila a’zolari ham bor. Nashrning qayd etishicha, Isroilga qarshi oldingi amaliyotlar chog‘ida – 2024 yilning aprel va oktyabr oylarida ham Xomanaiy ushbu bunkerda bo‘lgan.
Shu bilan birga, Iran International manbalaridan biriga ko‘ra, Isroil 15 iyun kuni yahudiy davlatidan 2,3 ming km uzoqlikda joylashgan Mashhad aeroportiga Xomanaiy o‘zini hech qayerda xavfsiz his qila olmasligini ko‘rsatish uchun zarba bergan.
AQSh prezidenti Donald Tramp Isroilning Eron oliy rahbari Ali Xomanaiyni o‘ldirish rejasiga veto qo‘ydi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi. «Eronliklar bitta amerikalikni o‘ldirdimi? Yo‘q. Ular shunday qilmaguncha, siyosiy rahbariyatdan (Eron) hech kimni yo‘q qilish g‘oyasi hatto stolda ham yo‘q», dedi ismi sir qolish sharti bilan jurnalistlarga AQSh ma’muriyatining yuqori martabali amaldori.
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Amerikaning Fox News kanaliga bu ma’lumotni quyidagicha izohladi: «Hozir hech qachon bo‘lmagan suhbatlar haqida juda ko‘p yolg‘on xabarlar bor va men bunga qo‘shilmoqchi emasman. Aytishim mumkinki, biz qilishimiz kerak bo‘lgan ishni qilyapmiz va qilishimiz kerak bo‘lgan ishni qilamiz. Menimcha, Qo‘shma Shtatlar AQSh uchun nima yaxshi yoki nima yomon ekanini biladi».
Avvalroq The Wall Street Journal ismini oshkor etmagan isroillik mulozimga tayangan holda Xomanaiyga hujum qilish «taqiqlanmagani»ni aytgan edi. WSJ manbasi qo‘shimcha qilishicha, Isroil agar bu Eron yadroviy dasturini yo‘q qilishga yordam bersa, Erondagi har qanday ehtimoliy nishonlarga zarba berishi mumkin.
Mavzuga oid

23:48 / 17.06.2025
AQSh Eronning yadro inshootlariga zarba berishi mumkin – OAV

23:30 / 17.06.2025
«O‘ldirmaslik buyurilgan». AQSh Isroilga nimanidir taqiqlay oladimi?

21:59 / 17.06.2025
Tramp Erondan «so‘zsiz taslim bo‘lishni» talab qildi

20:00 / 17.06.2025