O‘zbekiston | 12:01
3596
2 daqiqa o‘qiladi

Hafta oxirida harorat yana ko‘tarilishi kutilmoqda

O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat yana +38…+42 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Foto: Kun.uz

Juma kunduzi O‘zbekiston hududi bo‘yicha +34…+37 daraja harorat fonida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

Dam olish kunlari harorat yana +38…+40 darajagacha, janubda +42 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Lekin respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda. Shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ayrim joylarda shamolning kuchayishi 20–22 metr/soniyaga yetishi mumkin.

20–22 iyun kunlari Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona vodiysining tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat juma kunduzi +35 daraja atrofida bo‘ladi, shanba va yakshanba kunlari +37…+40 darajagacha ko‘tariladi.

Mavzuga oid