Toshkent aeroportida kapsula mehmonxona ochildi
Mini-mehmonxonada oltita zamonaviy kapsula mavjud. Bir kishilik standart kapsula tarifi 400 ming so‘mdan boshlanadi.

Foto: Uzbekistan Airports
Toshkent xalqaro aeroportida uchib ketish terminalida (ro‘yxatdan o‘tish zali) joylashgan «Qo‘noq» brendi ostidagi kapsula mehmonxonasining rasmiy ochilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi Uzbekistan Airports.
Mini-mehmonxonada oltita zamonaviy kapsula mavjud — to‘rtta standart bir kishilik kapsula va ikkita oilaviy (ikki kishilik) kapsula.
Har bir kapsula individual yopiq joy bo‘lib, ortopedik matras, choyshablar to‘plami, qulay ortopedik matrasli krovat, individual shamollatish va yoritish tizimlari, rozetkalar va zaryadlash moslamalari uchun USB portlar bilan jihozlangan. Mehmonlarga qulaylik yaratish uchun shaxsiy seyf, oyna, kiyim ilgich va soatli ekran mavjud. Kapsula optimal mikroiqlimni saqlab turadi.
Bir kishilik standart kapsula tariflari:
- 4 soatgacha — 400 000 so‘m;
- 6 soatgacha — 600 000 so‘m;
- 8 soatgacha — 800 000 so‘m.
Ikki kishilik standart kapsula tariflari:
- 4 soatgacha — 600 000 so‘m;
- 6 soatgacha — 800 000 so‘m;
- 10 soatgacha — 1 000 000 so‘m.
«Ushbu mini-mehmonxona konsepsiyasi tranzit yo‘lovchilar, shuningdek, boshqa viloyatlar yoki qo‘shni davlatlardan parvozdan bir necha soat oldin kelgan yo‘lovchilar uchun ajoyib yechimdir» - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

21:35 / 09.06.2025
Toshkent xalqaro aeroportida elektr ta’minoti yarim soatga uzilib qoldi

17:26 / 05.06.2025
O‘zbekiston aeroportlarida unutib qoldirilgan yuklar sotilishi aytilgan xabarlar rad etildi

17:48 / 13.05.2025
Mo‘g‘ulistonning Hunnu Air aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

21:45 / 29.04.2025