O‘zbekiston | 12:40 / 25.06.2025
1509
2 daqiqa o‘qiladi

Bankni tugatishga oid qoidalar belgilandi

“Banklarni sanatsiya qilish va tugatish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.

Foto: Kun.uz

Qonunga ko‘ra, bank faoliyatini tugatish ixtiyoriy yoki majburiy tugatish shaklida amalga oshirilishi mumkin.

Agar bank to‘lovga qobiliyatsiz bo‘lmasa yoki uning to‘lovga qobiliyatsizligi yuzaga kelishi ehtimoli yuqori bo‘lmasa, u ixtiyoriy tugatilishi mumkin.

Bankni ixtiyoriy tugatish Markaziy bankning roziligiga asosan amalga oshiriladi.

Agar bank tizimli ahamiyatga molik deb e’tirof etilmagan bo‘lsa, u “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunda nazarda tutilgan hollarda majburiy tugatilishi mumkin.

Bankni majburiy tugatish Markaziy bank boshqaruvining litsenziyani chaqirib olish va bankni majburiy tugatish to‘g‘risidagi qarori asosida amalga oshiriladi.

Bankni majburiy tugatish suddan tashqari va sud tartibida amalga oshirilishi mumkin.

Bankni majburiy tugatish jarayonida majburiy tugatilayotgan bankning aktivlari hamda majburiyatlarini boshqa bankka o‘tkazish va (yoki) bankning aktivlarini sotish vositalaridan foydalaniladi.

Mavzuga oid