O‘zbekiston | 11:22
9319
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda bloger uyida timsoh saqlab kelgani aniqlandi

Blogerga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi, timsoh esa hayvonot bog‘iga topshirildi.

Foto: Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda bloger uyida Nil timsohini saqlayotgani aks etgan videolar yuzasidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi o‘rganish olib borilganini ma’lum qildi.

O‘tkazilgan reyd davomida Toshkent shahrida yashovchi fuqaro yashash manzilida bir bosh Nil timsohini saqlayotganligi aniqlangan. 

Huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 92−1-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Ish yuzasidan to‘plangan hujjatlar holatga huquqiy baho berish va tegishli chora ko‘rish uchun  sud organlariga yuborilgan. 

Timsoh Toshkent hayvonot bog‘iga topshirilgan.

Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining “Yovvoyi hayvonlarni saqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 736-son qaroriga asosan, 2025 yil 1 yanvardan jismoniy shaxslar tomonidan (ro‘yxat asosida) yovvoyi hayvonlarni tutqunlikda saqlash hamda ulardan sirk tomoshalarida  foydalanish taqiqlangan.

Mavzuga oid