Jahon | 13:17 / 28.06.2025
1904
2 daqiqa o‘qiladi

Polsha prezidenti Duda Kiyevga keldi

Polsha prezidenti Kiyevda Volodimir Zelenskiy bilan uchrashadi, deb xabar berdi Anjyey Duda kanselyariyasi.

Foto: REUTERS

Polsha prezidenti Anjyey Duda e’lon qilinmagan tashrif bilan Kiyevga keldi va u yerda Ukraina yetakchisi Volodimir Zelenskiy bilan uchrashishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 28 iyun, shanba kuni Duda kanselyariyasi X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

«Jadvalga ko‘ra, uning Ukraina prezidenti Zelenskiy bilan uchrashuvi rejalashtirilgan», — deyiladi kanselyariya axborotida.

Rossiya Federatsiyasi va Ukraina o‘rtasida keng ko‘lamli urush boshlanganidan so‘ng, Duda Kiyevga kelgan va agressiyaga uchragan mamlakatni qo‘llab-quvvatlagan birinchi Yevropa liderlaridan biri bo‘ldi. U yaqin kunlarda o‘z lavozimini tark etadi.

Yevroskeptik Karol Navrotskiy Polsha prezidentligi saylovlarining ikkinchi bosqichida 50,89 foiz ovoz olib, 49,11 foiz ovoz olgan liberal Rafal Tshaskovskiyni ortda qoldirdi. Navrotskiyning g‘alabasi Donald Tusk boshchiligidagi hukumat uchun jiddiy zarba bo‘ldi.

Dudaning vakolat muddati avgust oyida tugaydi.

Mavzuga oid