Jahon | 22:01 / 29.06.2025
2710
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp TikTok uchun xaridorlar topganini ma’lum qildi

AQSh prezidenti savdoni amalga oshirish uchun Xitoy raisining roziligi talab etilishini aytdi.

Foto: Anadolu via Getty Images

Donald Tramp TikTok uchun «juda boy insonlar guruhi»dan iborat xaridorlar topgani va sotuv amalga oshirilishi uchun XXR raisi Si Jinpingning roziligi talab etilishini ma’lum qildi.

«Aytgancha, bizda TikTok uchun xaridor bor. O‘ylashimcha, menga Xitoyning roziligi kerak va rais Si aftidan, buni amalga oshiradi», — deydi Tramp Fox News boshlovchisiga.

Aprel boshlarida esa Tramp ushbu muddatni yana 75 kunga uzaytirdi. AQSh prezidentining so‘zlariga ko‘ra, uning ma’muriyati «TikTokʼni qutqarish bo‘yicha bitim ustida tinmay ishlayapti».

Tramp boshqa hech qanday tafsilotlarni oshkor etmadi. Shuningdek, u xaridorlar ismini ham aytmay, bu haqda «taxminan ikki haftadan keyin» ma’lumot berishini bildirgan.

2024 yil bahorda AQSh vakillar palatasi TikTok Xitoyning ByteDance kompaniyasidan ajratilmasa, mamlakatda ushbu ijtimoiy tarmoqni taqiqlash imkonini beradigan qonunni ma’qullagan edi. Kongressmenlarning hisoblashicha, TikTok milliy xavfsizlikka tahdid uyg‘otadi, chunki Xitoy hukumati ByteDance’ni ilovaning amerikalik foydalanuvchilariga oid ma’lumotlarni berishga majburlashi mumkin. Aprel oyida hujjat AQSh prezidenti Jo Bayden tomonidan imzolangan, yanvar oyida, Tramp inauguratsiyasidan oldin esa AQSh Oliy sudi mazkur qonunni qo‘llab-quvvatlagan edi.

20 yanvar kuni o‘tkazilgan inauguratsiyadan keyin Tramp AQSh bosh prokuroriga qonunning kuchga kirishini 75 kunga kechiktirishni buyurdi. U TikTok o‘z aksiyalarining 50 foizini Amerika kompaniyalariga topshirsa, AQSh hududidagi faoliyatini davom ettirishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.

Aprel boshlarida esa Tramp ushbu muddatni yana 75 kunga uzaytirdi. AQSh prezidentining so‘zlariga ko‘ra, uning ma’muriyati «TikTokʼni qutqarish bo‘yicha bitim ustida tinmay ishlayapti».

Mavzuga oid