O‘zbekiston | 11:44 / 30.06.2025
3770
2 daqiqa o‘qiladi

Hafta davomida harorat +43 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda

1–5 iyul kunlari O‘zbekistonda issiq harorat asta-sekin kuchayadi. Respublikaning katta qismida havo +40…+43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda +44…+46 darajagacha isiydi.

Foto: Kun.uz

1−5 iyul kunlari issiq ob-havo asta-sekin kuchayadi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.

Dushanba kuni O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va biroz issiq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorat kunduzi +34…+37 darajani, eng chekka janubda +40, +41 darajani tashkil etadi.

Eng issiq kunlar respublika shimolida 2–3 iyulda, cho‘l hududlarda 3–4 iyulda, respublikaning qolgan hududlarida 4 iyul va 5 iyul kunlari kuzatiladi. Shu kunlarda hududning katta qismida havo harorati +40…+43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda +44…+46 darajagacha ko‘tariladi.

O‘zbekiston bo‘yicha shamol tezligi 13–18 metr/soniyagacha, 2−4 iyulda shimolda va cho‘l hududlarda, 5 iyulda respublika bo‘yicha ayrim joylarda ba’zida 20–25 metr/soniyagacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.

Toshkent shahrida havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 30 iyun va 1 iyul kunlari harorat asosan +35…+38 daraja, 2–3 iyulda +38…+40 daraja, 4–5 iyulda +40…+43 daraja bo‘ladi.

Mavzuga oid