Misr O‘zbekistonda konchilik institutini ochishda ishtirok etishi mumkin
Misrlik investor O‘zbekiston tog‘-kon sanoati uchun malakali kadrlarni tayyorlash bo‘yicha loyihada ishtirok etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.

Foto: "Dunyo" AA
O‘zbekiston elchixonasida misrlik yirik investor, Buyuk Britaniyada ro‘yxatdan o‘tgan Seagull Petroleum and Mining Egypt kompaniyasi bosh ijrochi direktori Hisham al-Meligi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Unda O‘zbekistonda nodir qazilmalar va barcha turdagi yoqilg‘i manbalari sohasida hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston diplomatlari misrlik investorga ixtisoslik yo‘nalishini inobatga olgan holda, mamlakatda ushbu sektor uchun malakali kadrlarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shma loyihani amalga oshirish taklifini bildirdi.
Hisham al-Meligi tog‘-kon sohasiga ixtisoslashgan Britaniyadagi yetakchi Heriot-Watt va Qohiradagi Ayn Shams universiteti bilan sheriklik asosida O‘zbekistonda konchilik institutini tashkil etishda ishtirok etishi mumkinligini ma’lum qildi.
Tomonlar Misrda orttirilgan tajriba asosida O‘zbekistonda ham ikki tomonlama diplom berish dasturi asosida yangi ta’lim muassasasini ochishga kelishib oldi.
Mazkur uchrashuvdan so‘ng mamlakat elchixonasi ko‘magida Hisham al-Meligi va uning britaniyalik biznes hamkorlari hamda Geologiya fanlari universiteti rektori A’zam Qodirxo‘jayev va O‘zbekiston Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi mutasaddilari ishtirokida onlayn muloqot tashkil etildi.
Tomonlar Geologiya fanlari universitetida Misr va boshqa arab davlatlari fuqarolarini bakalavr va magistr bosqichida o‘qitish, o‘zaro talaba va o‘qituvchilar almashish, kadrlar malakasini oshirish yo‘nalishida hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.
Mavzuga oid

14:11 / 22.06.2025
Misrdan Toshkentga gepatitga qarshi dorining navbatdagi partiyasi olib kelindi

13:42 / 21.06.2025
Misrda O‘zbekiston texnologiyalari asosida traktor ishlab chiqariladi

21:04 / 09.06.2025
Misr gepatitga qarshi dori vositalarining navbatdagi partiyasini O‘zbekistonga yubordi

16:43 / 01.06.2025