Surxondaryoda Bobotog‘ kanaliga suv chiqaruvchi quvur yorilib ketdi
Jarqo‘rg‘on tumanida nasos stansiyasi orqali Amu Zang kanalidan Bobotog‘ kanaliga suv chiqaruvchi 2840 millimetrli quvurda yoriq yuzaga keldi. Mas’ullar avariyani bartaraf etdi, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Foto: Videodan kadr
Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Bobotog‘ kanalida sodir bo‘lgan avariya yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 30 iyun kuni soat taxminan 12:50 larda Jarqo‘rg‘on tumanida Amu Zang kanalidan «Bobotog‘» nasos stansiyasi orqali Bobotog‘ kanaliga suv chiqaruvchi 2840 millimetrli quvurda yorilish yuzaga kelgan.
Sodir bo‘lgan avariyani bartaraf etishga Amu Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi bazasidan 1 ta kran, 1 ta «Kamaz», 2 ta traktor va 12 nafar ishchi xodim jalb qilingan.
Avariya soat 21:00 da bartaraf etilib, 21:20 da nasos stansiyasi ishga tushirilgan.
«Ushbu vaziyat bo‘yicha aholi va aholi yashash xonadonlariga, uy hayvonlariga zarar yetmagan. Tan jarohati olganlar yo‘q», - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

14:22 / 30.06.2025
Termizda 219 tup daraxt noqonuniy kesildi

23:30 / 24.06.2025
Surxondaryo viloyati FVBga yangi boshliq tayinlandi

21:16 / 11.06.2025
Boysunda vodorod sulfidi gazi miqdori me’yordan oshmagan – Ekovazirlik

18:07 / 10.06.2025