YHXX: Haydovchi YPX xodimiga hujjatlarining aslini taqdim etishi shart
Haydovchilar YPX xodimlariga pasport yoki ID-kartasining asl nusxasini taqdim etishi shart, bu tartib 1 iyuldan keyin ham o‘zgarishsiz qoladi, deya ma’lum qildi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati.

Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati
Ma’lum qilinishicha, shu yil boshida qabul qilinib, 1 iyuldan kuchga kirgan hukumat qarori – haydovchilarni YPX xodimlariga hujjatlarning aslini taqdim etish majburiyatidan ozod qilmaydi.
Bu qaror asosida 17 ta turdagi hujjatlarning my.gov.uz sayti hamda MyGov va “Ijtimoiy karta” ilovalaridagi elektron shakli joriy etilishi belgilangan. 1 iyuldan e’tiboran bu elektron shakldagi hujjatlar banklarda, notarial idoralarda, ichki temiryo‘l va aviareyslar uchun vokzal va aeroportda ro‘yxatdan o‘tishda, davlat xizmatlari, korporativ xizmatlar va boshqa xizmatlarni ko‘rsatishda hamda fuqarolarni qabul qilishda hujjatning qog‘oz shakli bilan teng darajada qabul qilinishi kerak.
Bu tartib YHHXning fuqarolarga xizmat ko‘rsatuvchi ma’muriy amaliyot markazlari, ro‘yxatlash va imtihon olish bo‘limlarida ham amal qiladi.
Lekin, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 135-moddasi 4-qismiga ko‘ra, haydovchilar YPX inspektorlariga transport vositasini boshqarish davomida biometrik pasport yoki ID-kartaning asl nusxasini taqdim etishlari shart. Pasport yoki ID-kartaning asl nusxasi taqdim etilganda, haydovchilik guvohnomasi va boshqa hujjatlar so‘ralmaydi.
Avvalroq, yuqoridagi qaror asosida, 1 iyuldan e’tiboran aeroportlarda ichki reyslar uchun ro‘yxatdan o‘tishda pasportning raqamli shaklini ham qabul qilish yo‘lga qo‘yilgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

14:16 / 25.06.2025
Haydovchi mashinani qulflaganidan keyin oynaning ko‘tarilishi bolaning bo‘ynidan qisib qoldi

09:57 / 04.06.2025
Haydovchilar jarima ballari haqida onlayn xabardor bo‘lishi mumkin

19:03 / 28.05.2025
Andijonda YPX xodimlaridan qochgan Nexia-2 boshqa avtomobillar bilan to‘qnashdi

21:28 / 22.05.2025