JSST zararli mahsulotlar narxini oshirishga chaqirdi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti dunyo davlatlarini 2035 yilga qadar tamaki va alkogol mahsulotlari narxini 50 foizga oshirishga chaqirdi.

Foto: Depositphotos
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) dunyo davlatlarini tamaki, alkogol va shirin ichimliklarning haqiqiy narxini oshirishga chaqirdi. Bu haqda tashkilot saytida e’lon qilingan bayonotda so‘z boradi.
«JSST zararli mahsulotlarga solinadigan soliqlarni oshirishni taklif qiladi — bu sog‘liqni saqlash manfaatlarida va millionlab odamlarning hayotini saqlab qolish maqsadida amalga oshirilishi kerak. Bugun JSST yangi yirik tashabbus bilan chiqdi va unda davlatlar 2035 yilgacha tamaki, alkogol va shirin ichimliklarning haqiqiy narxini hech bo‘lmaganda 50 foizga oshirishga chaqirilmoqda», — deyiladi hujjatda.
Bayonotda aytilishicha, bunday choralar surunkali kasalliklarga qarshi kurashish va davlat budjeti uchun muhim daromad manbaini ta’minlash maqsadida zarur. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, tamaki, alkogol va shirin ichimliklar iste’moli yurak xastaliklari, saraton va diabet kabi yuqumli bo‘lmagan kasalliklar sonining ortishiga sabab bo‘lmoqda.
Mavzuga oid

17:36 / 02.07.2025
O‘zini o‘zi band qilgan taksichilar uchun soliqni agregatorlar to‘laydi

16:06 / 02.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari

19:02 / 01.07.2025
Dunyoda har soatda 100 nafarga yaqin odam yolg‘izlikdan vafot etadi - JSST

17:42 / 01.07.2025