Yakkabog‘ tumaniga yangi hokim tayinlandi
Abdinabi G‘iyosov Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.
Sessiyada deputatlar Abdinabi Kamolovich G‘iyosovni Yakkabog‘ tumani hokimi lavozimiga tasdiqladi.
Abdinabi G‘iyosov 1963 yil Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan. U Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutini tamomlagan. "Shuhrat" medali sohibi.
Tayinlovga qadar u "Kumush kuz fayzi" mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi agrofirma ta’sischisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Nomzod xalq deputatlari tuman Kengashi oldida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini taqdimot qildi.