Jahon | 13:13
951
2 daqiqa o‘qiladi

Bosniya serblar yetakchisi Dodikni hibsga olishga berilgan orderni bekor qildi

Dodik Bosh prokuraturaga kelib, ko‘rsatma bergani uchun unga nisbatan order bekor qilingan. Bosniya serblari rahbari vaqtinchalik ozodlikka chiqarilgan va u muntazam ravishda politsiyaga hisobot berishi kerak.

Foto: Armin Durgut/AP Photo/picture alliance

Bosniya va Hersegovinada sud tizimi bosniyalik serblar yetakchisi Milorad Dodikni hibsga olish orderini bekor qildi. «Dodik Bosh prokuraturaga keldi va u yerda ko‘rsatma berdi. Shu munosabat bilan uni hibsga olish uchun berilgan order bekor qilindi», — deyiladi mamlakat Bosh prokuraturasi va Davlat sudining 4 iyul, juma kuni qo‘shma bayonotida.

66 yoshli serblar yetakchisi vaqtinchalik ozodlikka chiqarilgan. Sud qaroriga ko‘ra, Dodik hokimiyat organlariga muntazam ravishda hisobot berishi kerak. Aks holda, hibsga olish uchun yangi order chiqariladi.

Milorad Dodik o‘ziga nisbatan qabul qilingan qarorni izohlar ekan: «Bu men uchun muhim bir lahza, lekin bu ishdan yomon niyatda bo‘lgan va vaziyatni beqarorlashtirish, Bosniyada muammolarni avj oldirish uchun ishlatmoqchi bo‘lganlar uchun ham muhim. Men o‘zimni g‘alaba qozongan sifatida his qilmayapman. Bu ishdan to‘yib ketganman», dedi.

Bosniya va Hersegovina Davlat sudi mart oyi o‘rtalarida Dodikni bir tomonlama tartibda Bosniya va Hersegovina tarkibidagi Serb Respublikasi hududidagi Bosniya adliya va politsiya organlarining vakolatlari tugatilganini e’lon qilganidan keyin uni hibsga olishga xalqaro order bergan edi.

Mavzuga oid