Hayot Bank Toshkentda yangi bank xizmatlari markazini ochdi
1 iyul kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida Hayot Bank’ning yangi filiali tantanali ravishda ishga tushirildi. Marosimda ishtirok etgan bank Boshqaruvi raisi Odil Po‘latov bankning nafaqat mamlakat iqtisodiyotiga, balki ekologiyasiga ham hissa qo‘shishini ta’kidladi:
“Bugun biz Hayot Bank’ning yangi 5-BXM – Shayxontohur ofisida turibmiz. Ushbu BXMda Hayot Bank tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga barcha turdagi bank xizmatlarini taqdim etiladi. Ushbu filialda 30 ta bank xodimi birdaniga 25-30 ga yaqin mijozlarga xizmat ko‘rsata oladi. Hayot Bank hozirda ekologiyaga ham hissa qo‘shmoqda, ya’ni har bir ochilgan omonat uchun bank tomonidan bir daraxt ekib beriladi”, - dedi u.
Bankning respublika bo‘ylab umumiy 16 taga yaqin filiallari mavjud bo‘lib, ularning har birida tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan. Bank filiallarda:
• kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirish;
• biznes depozitlari;
• milliy va xorijiy valutalarda omonat ochish;
• valuta ayirboshlash;
• UZCARD va UZCARD-Mastercard kartalarini ochish;
• bankka bormasdan hisob raqam ochish;
• onlayn va mobil banking;
• milliy valutalarda 24/7 tartibida pul o‘tkazmalari;
• MUNIS orqali to‘lovlar;
• yuridik shaxslar uchun SWIFT orqali valuta o‘tkazmalari;
• xorijiy valutalarni bir-biriga ayirboshlash;
• korporativ va ish haqi kartalari bo‘yicha operatsiyalar;
• naqd pul operatsiyalari;
• moliyaviy boshqaruv asosida depozit va mablag‘ yo‘naltirish xizmatlari amalga oshiriladi.
Hayot Bank manzili: Toshkent shahri Shayxontohur tumani Furqat ko‘chasi 20-uy.
Sayt: hayotbank.uz
Call-markaz: 1320
Reklama huquqi asosida