Samarqandda inspeksiya bosh mutaxassisi pora bilan qo‘lga tushdi
Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining Samarqand viloyati bo‘limi bosh mutaxassisi ushlandi.

Foto: Videodan kadr
DXX xabariga ko‘ra, u Paxtachi tumanidagi MChJga qarashli g‘isht zavodida nazorat tekshiruvini amalga oshirish vaqtida aniqlangan kamchiliklarni bo‘rttirib, go‘yoki 226 mln so‘mlik sifatsiz g‘isht mahsulotlari ishlab chiqarilgan va realizatsiya qilinganini aytadi.
So‘ngra, u o‘tkazilgan tekshiruv yuzasidan tuzishi lozim bo‘lgan bayonnomada ushbu 226 mln so‘m jarimani 25 mln so‘mgacha kamaytirish evaziga 3 000 AQSh dollari talab qiladi.
DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida bu bosh mutaxassis o‘z xizmat xonasida 2500 AQSh dollarini pora sifatida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda ushbu mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

11:37 / 04.07.2025
Samarqand no‘xatsho‘ragi geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi

12:10 / 03.07.2025
Samarqandda eksportni qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilgan mablag‘ni o‘zlashtirgan mansabdorlar aniqlandi

16:39 / 23.06.2025
Saida Mirziyoyeva BMT Davlat xizmati forumida ishtirok etdi

12:50 / 23.06.2025