Jahon | 13:50 / 06.07.2025
8169
3 daqiqa o‘qiladi

Texasda kuchli suv toshqini oqibatlari - fotosuratlar

32 kishi o‘limi tasdiqlangan, yozgi lagerdagi 20 dan ortiq qizning taqdiri noma’lum bo‘lib qolmoqda.

Texas shtatining markaziy qismida kuchli yomg‘irlar ortidan suv toshqini yuzaga keldi. 4 iyulga o‘tar kechasi va tongda hududga bir oylik normadagi yog‘in tushdi. Hant shahri hududida yuz yildan buyon kuzatilmagan yomg‘ir yog‘di, deb yozadi CNN. Daryoda suv sathi keskin ko‘tarilib, sohilbo‘yi hududlarni suv bosgan.

Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, Kerr okrugida kamida 32 kishi halok bo‘lgan, shundan 14 nafari bolalar. Bolalarning yoshlari to‘g‘risida hozircha aniq ma’lumot yo‘q. Shuningdek, Guadalupe daryosi bo‘yidagi Hant shahrida Camp Mystic nomli xristianlarning yozgi lageriga dam olishga kelgan 27 qiz bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda, daryoda suv sathi ikki soat ichida olti metrga ko‘tarilgandi. Texas vitse-gubernatori Den Patrik qizlar haqida ma’lumot yo‘qligi fakti ular halok bo‘lganini anglatmasligini aytib o‘tgan.

Texasda keng ko‘lamli qidiruv-qutqaruv operatsiyasi boshlangan, jabrlangan hududlardan kamida 237 kishi evakuatsiya qilingan, ularning ko‘pchiligi vertolyotlarda olib ketilgan. Meteorologlarning prognozlariga ko‘ra, kuchli yomg‘irlar yog‘ishda davom etadi.

Quyida 4 iyul kuni Texasda olingan suratlar keltiriladi.

Kervill shahrida Guadalupe daryosi bo‘yida suv toshqini oqibatlari
Eric Gay / AP / Scanpix / LETA
Ingrem shahrida suv toshqini boshlanganidan keyingi dastlabki soatlarda qidiruv-qutqaruv operatsiyasi
Michel Fortier / The San Antonio Express-News / AP / Scanpix / LETA
Kervillda Guadalupe bo‘yidagi vayrongarchilik
Eric Gay / AP / Scanpix / LETA
Kervillda Guadalupe daryosi o‘zanidagi toshqin
Eric Vryn / Getty Images
Kerr okrugidagi Guadalupe daryosi yoqasida qoramol jasadi
Eric Gay / AP / Scanpix / LETA
Ingremda suv toshqini vayron qilgan ofis. Devorda suv qanchalik ko‘tarilgani aks etgan chiziqlar
Christopher Lee / The San Antonio Express-News / AP / Scanpix / LETA
Ingremdagi avtoturargohga suv bilan kelib qolgan o‘yin avtomatiga qarab turgan bolalar. 2025 yil 4 iyul
Josie Norris / San Antonio Express-News / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Texas aholisi vakillari tabiiy ofat paytida qarindoshlari va yaqinlari bilan aloqani yo‘qotganlar murojaat qiladigan yordam va oilalarni birlashtirish markazida
Eric Gay / AP / Scanpix / LETA
Texasdagi qidiruv-qutqaruv amaliyotida qatnashayotgan vertolyot
Eric Gay / AP / Scanpix / LETA

 

Mavzuga oid