Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gurjistonda Euronews Georgia asoschisi Ramishvili qo‘lga olindi
Gurjistonlik tadbirkor Georgiy Ramishvili aeroportda noqonuniy qurol saqlagani uchun qo‘lga olindi. Muxolifat uning hibsga olinishini siyosat bilan bog‘layapti.

Georgiy Ramishvili. Skrinshot
Silk Road Group, Silknet va Euronews Georgia kabi bir qancha yirik kompaniyalar asoschisi va egasi Georgiy Ramishvili Gurjistonda qo‘lga olindi, deb xabar berdi Gurjistonning Pirveli telekanali o‘z saytida. Ramishvili hozirda Tbilisidagi Digomi tergov izolyatorida, advokat Irma Chkaduaning uning oldiga borgan. Nashrning yozishicha, hozircha uning mijoziga nisbatan rasmiy ayblov qo‘yilmagan.
Pirveli ma’lumotlariga ko‘ra, aeroportda tintuv o‘tkazilganda tadbirkorning qo‘l yukidan o‘qotar qurol topilgan. «Ramishvilining qurol litsenziyasi bor, lekin uni olib yurishga ruxsati yo‘q», deb ta’kidlaydi nashr.
Shu bilan birga, The Insider rus tilidagi surishtiruv nashri qayd etishicha, muxolifatdagi gurjistonlik siyosatchilar Georgiy Ramishvilining ushlanishini uning siyosiy qarashlari bilan bog‘ladi. 2024 yil 30 noyabrda hukumatga qarshi namoyishlar boshlanganidan ikki kun o‘tib Silknet va Silk Road Group kompaniyalari Gurjistonning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish intilishlarini qo‘llab-quvvatlab chiqdi.
Tadbirkorga nisbatan rasmiy ayblovlar yaqin vaqt ichida qo‘yilishi kutilmoqda. O‘qotar qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlovchi moslamalarni noqonuniy saqlash Gurjistonda 4 yildan 7 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
https://www.dw.com/ru/v-gruzii-zaderzali-osnovatela-euronews-georgia-georgia-ramisvili/a-73184808
Mavzuga oid

14:02 / 01.07.2025
Gurjistonda sakkiz muxolif partiya saylovlarga boykot e’lon qildi

14:59 / 14.06.2025
Gurjistonda «O‘zgarishlar koalitsiyasi» yetakchisi Gvaramiya hibsga olindi

09:34 / 30.05.2025
Gurjistonda muxolifat yetakchisi Nika Meliya qo‘lga olindi

13:16 / 27.05.2025