Sport | 22:15 / 12.07.2025
8407
2 daqiqa o‘qiladi

Abbos Fayzullayev TsSKA bilan ikkinchi sovrinini qo‘lga kiritdi

«Armiyachilar» Rossiya Superkubogida g‘alaba qozondi.

Foto: Stadion.uz

Rossiya Superkubogi.
«Krasnodar» TsSKA 0:1
Gol: Diveyev 48.
«Krasnodar»: Agkatsev, Tormena, Diyego Kosta, Olasa, Gonsales (Petrov 67), Chernikov (Lenini 66), Krivsov (Kozlov 78), Spersyan, Viktor Sa (Mozes Kobnan 75), Joau Batchi (Furtado Santos 67), Kordoba.
TsSKA: Akinfeyev, Villian Rosha, Diveyev, Moyzes, Gayich, Krugovoy (Koyta 65), Kislyak, Shumanskiy (Fayzullayev 79), Oblyakov, Musayev (Alerrandro 79), Glebov (Kellven 83)
Ogohlantirishlar: Diyego Kosta, 90 Diveyev, 18
Chetlatish: Mozes Kobnan, 89

Rossiyaning Qozon shahrida 12 iyul kuni futbol bo‘yicha Superkubok bahsi o‘tkazildi.

Unda amaldagi chempion «Krasnodar» va kubok sohibi TsSKA klublari bellashdi.

O‘yin taqdirini 47-daqiqada TsSKA futbolchisi Igor Diveyev tomonidan urilgan yagona gol hal qildi. Natijada «armiyachilar» o‘z tarixida 8-marta Superkubokda g‘alaba qozondi.

TsSKA tarkibida o‘zbekistonlik Abbos Fayzullayev 79-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. Bu uning Rossiyadagi ikkinchi sovrini bo‘ldi. Avvalroq, u Rossiya Kubogida ham zafar quchgan edi.

Mavzuga oid