Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iyulda kam ta’minlangan oilalarga qancha moddiy yordam ajratilgani aytildi
Kam ta’minlangan oilalarga nafaqa va moddiy yordam pullari moliyalashtirildi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan 2025 yil iyul oyi uchun 621,6 mingta kam ta’minlangan oilaga jami 340,9 mlrd so‘m mablag‘lar AT “Xalq banki”ga to‘liq moliyalashtirildi.
Shundan:
- 597 525 ta oilaga 330,4 mlrd so‘m bolalar nafaqasi;
- 24 378 ta oilaga 10,5 mlrd so‘m moddiy yordam mablag‘lari ajratildi.
Kam ta’minlangan oila sifatida nafaqa oluvchi 589,5 mingta oilaga (yoki jami oluvchilarning 94,7 foizi) bank kartalari orqali to‘lovlar amalga oshiriladi.
Amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq nafaqa pullarini naqd shaklda oluvchi oilalarga joriy oy to‘lovlari “Xalq banki”ning sayyor kassalari tomonidan oyning 27-sanasiga qadar yetkazib beriladi.
Joriy yilning iyul oyida yangi 80 563 ming ta kam ta’minlangan oilalar “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritildi.
Mavzuga oid

20:26 / 26.07.2024
Mehnat migrantlari oilalariga moddiy yordam ajratiladi - asosiy savollarga javoblar

09:50 / 13.06.2024
Bolalar nafaqasi va moddiy yordamni olish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi

11:10 / 15.11.2023
“Kartoshka puli”: u kimlarga va qanday asos bo‘yicha beriladi?

17:49 / 03.11.2023