O‘zbekiston | 08:08
621
2 daqiqa o‘qiladi

Muvofiqlikni baholash organlarini tayinlash tartibi tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Muvofiqlikni baholash organlarini tayinlash (notifikatsiya qilish) tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi, u uch oydan so‘ng kuchga kiradi.

Unda quyidagilar belgilangan:

  • tayinlovchi (notifikatsiyalovchi) organga va muvofiqlikni baholash bo‘yicha tayinlangan (notifikatsiyalangan) organlarga qo‘yiladigan talablar;
  • muvofiqlikni baholash bo‘yicha tayinlangan (notifikatsiya qilingan) organlarning majburiyatlari;
  • reyestrni yuritish tartibi;
  • muvofiqlikni baholash bo‘yicha tayinlangan (notifikatsiya qilingan) organning maqomini olish va o‘zgartirish tartibi.

Muvofiqlikni baholash organini tayinlash (notifikatsiya qilish) uchun quyidagi talablar belgilangan:

  • muvofiqlikni baholash organlari bilan manfaatlar to‘qnashuvining yo‘qligi;
  • o‘z faoliyatini xolislik va beg‘arazlik asosida tashkil etish va amalga oshirish;
  • muvofiqlikni baholash organini tayinlash to‘g‘risidagi har bir qarorning muvofiqlikni baholash organi bilan bog‘liq bo‘lmagan vakolatli shaxslar tomonidan qabul qilinishi;
  • muvofiqlikni baholash bo‘yicha tayinlangan (notifikatsiya qilingan) organlardan olingan ma’lumotlarning maxfiyligi.

Muvofiqlikni baholash organlari tegishli texnik reglamentlarga muvofiq muvofiqlikni baholash tartib-taomillarini bajarish uchun quyidagi shartlarda tayinlanishi (notifikatsiya qilinishi) mumkin, basharti ular:

  • mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, O‘zbekiston rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar;
  • oxirgi uch yil mobaynida mahsulotning muvofiqligini baholash bo‘yicha ishlarni bajarish tajribasiga ega bo‘lsa;
  • belgilangan soha doirasida mahsulot sinovlarini o‘tkazish uchun o‘zlarining akkreditatsiyadan o‘tgan sinov laboratoriyalariga ega bo‘lishi;
  • muvofiqlikni baholash tartib-taomillarini tayinlangan (notifikatsiya qilingan) organlarni jalb etgan holda qo‘llash nazarda tutilgan tegishli texnik reglamentlarda belgilangan maxsus talablarga, agar bunday talablar texnik reglamentlarda belgilanmagan taqdirda esa Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan maxsus talablarga muvofiq bo‘lsa.

Mavzuga oid