Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Konsertdagi lavha yirik kompaniya rahbarining ehtimoliy xiyonatini fosh qildi
Coldplay guruhining Qo‘shma Shtatlardagi konsertida kameralar obektiviga quchoqlashgan erkak va ayol tushib qoldi. Ular yirik kompaniya rahbarlari ekani tezda oshkor bo‘ldi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Astronomer (AQSh) IT-kompaniyasi bosh direktori Endi Bayron Boston shahridagi Coldplay guruhi konsertida kulgili va noqulay ahvolga tushib qoldi.
17 iyul kuni o‘tkazilgan konsertning tanaffus vaqtida an’anaviy «O‘pich kamerasi» shousi tashkil etildi. Unda TV kamerasi konsertga birga kelgan erkak va ayolga qaratiladi, ular esa bir-birini o‘pishi kerak. Ushbu shou Qo‘shma Shtatlardagi ko‘plab tadbirlar, sport o‘yinlarida mashhur bo‘lib, ko‘ngilochar an’anaga aylangan.
Coldplay guruhi konsertida TV kamerasi obektiviga kutilmaganda aynan Endi Bayron tushib qoldi. U bir ayolni quchoqlab turgan holatda edi. O‘zini katta ekranda ko‘rib qolgan Bayron darhol chetga qochdi, ayol esa yuzini yashirib oldi. Tadbirni o‘tkazayotgan Coldplay frontmeni «Qaranga-a, yo ularning ishqiy munosabati bor yoki ular juda uyatchan», dedi.
Konsertdan olingan rolik ijtimoiy tarmoqlarda juda ommalashdi. OAV vakillari video «qahramonlari» - Astronomer bosh direktori Endi Bayron va uning hamkasbi, xodimlar bo‘yicha menejer Kristin Kebot ekanini tezda aniqlab olishdi.
Bayronning uylangani hammaga ma’lumligi sababli, u ehtimoliy xiyonatda gumon qilindi. Kebot ham turmushga chiqqan bo‘lishi mumkin, ammo buni omma oldida tasdiqlamagan. Bayron ham, Kebot ham rolik bo‘yicha izoh bermadi.
Astronomer (AQSh) IT-kompaniyasi direktorlar kengashi ushbu video tarqalgach, ichki tekshiruv boshlanganini e’lon qildi.
«Astronomer tashkil etilganidan beri biz qadriyatlar va madaniyatga sodiqmiz. Biz yetakchilarimiz ham xulq-atvor, ham mas’uliyat bo‘yicha standartlar o‘rnatishini kutamiz», deyiladi kompaniya bayonotida.
Qayd etilishicha, ichki tekshiruv paytida Bayron ta’tilga chiqarilgan. Uning vazifasini Astronomer hammuassisi va mahsulot bo‘yicha bosh direktori Pit Dejyey vaqtincha bajaradi.
Mavzuga oid

17:25 / 20.07.2025
Astronomer kompaniyasi rahbari Coldplay konsertidagi hodisadan keyin ishdan ketdi

00:29 / 17.04.2025
Rossiyada davlatga xiyonat uchun sudlanganlar soni SSSR davridan beri rekord ko‘rsatkichga chiqdi

08:26 / 08.08.2023
Rossiyada «davlatga xiyonat» bo‘yicha ochilgan ishlar soni SSSRdagidan ko‘p - OAV

08:16 / 19.04.2023