O‘zbekiston | 15:07 / 21.07.2025
1015
1 daqiqa o‘qiladi

Latviya O‘zbekistonda xalqaro maktab tashkil etish imkonini ko‘rib chiqmoqda

Mamlakat elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi, Latviyaning Axborot tizimlari va boshqarish universiteti (ISMA) rahbariyati hamda Cambridge Learning Center tashkiloti vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi.

Foto: "Dunyo" AA

Muloqot davomida ta’lim sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma dasturlarini amalga oshirish va ta’lim sohasidagi ilg‘or tajribalar bilan o‘rtoqlashish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston hududida xalqaro umumta’lim maktabini tashkil etish va rivojlantirish, ularning bitiruvchilariga ingliz tili bo‘yicha xalqaro sertifikatlar taqdim etish imkoniyati ko‘rib chiqildi. Bu o‘zbekistonlik yoshlarga Yevropaning yetakchi oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha imtihonlarsiz kirish imkonini yaratadi.

Uchrashuv yakunida joriy yil avgust oyida ISMA universiteti va hamkor tashkilotlar vakillarining O‘zbekistonga safarini uyushtirish, tegishli tashkilotlar bilan xalqaro maktablar tashkil etish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Mavzuga oid