O‘zbekiston | 08:37
1159
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Uels mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik o‘rnatishi mumkin

O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Britaniyaning Uels ma’muriy hududi poytaxti Kardiff shahri meri Adrian Robson bilan muzokara o‘tkazdi.

Foto: "Dunyo" AA

Kardiff shahri meri Adrian Robson muloqot avvalida O‘zbekistonda ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat kursi, iqtisodiyot va tashqi savdoni liberallashtirish, infratuzilmani modernizatsiya qilish, ta’lim tizimini tubdan o‘zgartirish borasida olib borilayotgan sa’y-harakatlarni yuqori baholadi.

Shu yilning 5-17 iyun kunlari Britaniya shaharlari bo‘ylab tashkil etilgan "O‘zbekiston karvoni" Kardiff shahrida ham bayramona kayfiyatda kutib olingani ta’kidlandi.

Suhbat davomida qayta tiklanuvchi energiya, qishloq xo‘jaligi, IT, turizm va mehnat migratsiyasi sohalarida keng ko‘lamli hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida yuqorida ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha aniq loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Mavzuga oid