O‘zbekiston | 10:35
6128
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda 123 marta qidiruvga berilgan avtomobil to‘xtatildi

Toshkentda YPX xodimlari 123 marta qidiruvga berilgan Captiva’ni to‘xtatdi. Avtomobilning jami 54 mln so‘mlik to‘lanmagan 129 ta jarimasi bo‘lgan. Mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Foto: Videodan kadr

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida YPX xodimlari 129 marta turli qoidabuzarliklar sodir etgan Captiva rusumli avtomashinani to‘xtatdi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar bermoqda.

Tekshiruv davomida ma’lum bo‘lishicha, haydovchining umumiy jarima miqdori 54 mln so‘mni tashkil etadi. Bundan tashqari, avtomobil 123 marta Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan qidiruvga berilgan.

Captiva jarima maydonchasiga qo‘yilgan, biroq haydovchi qanday javobgarlikka tortilishi ma’lum qilinmagan.

 

Mavzuga oid