Jamiyat | 11:14
1657
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Lacetti bilan to‘qnashgan Tracker piyodani urib ketdi

Mirzo Ulug‘bek tumanida sodir bo‘lgan YTH bo‘yicha ma’lumot taqdim etildi.

Joriy yilning 20 iyul kuni soat 13:30 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Oltintepa-Chahbud ko‘chalari chorrahasida Lacetti rusumli transport vositasi va Tracker rusumli transport vositalari to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan

To‘qnashuvdan so‘ng Tracker haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetida turgan piyodani urib yuborgan.

YTH natijasida piyoda olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid