Jahon | 19:06 / 27.07.2025
2381
2 daqiqa o‘qiladi

Ispaniya plyajlari Osiyo suvo‘tlari bilan qoplandi

May oyidan buyon birgina La Kaleta plyajidan 1200 tonna suvo‘tlar yig‘ishtirib olingan.

Foto: legion-media/Ken Welsh

Ispaniyaning Kadis shahri plyajlari odatda Osiyoda o‘sadigan Rugulopterix okamurae suvo‘tlari bilan qoplandi, deb xabar berdi Euronews.

May oyidan buyon birgina La Kaleta plyajidan 1200 tonna suvo‘tlar yig‘ishtirib olingan.  

“Bu ekologik falokat”, - dedi  Kadis shahar kengashining plyajlar bo‘limi boshlig‘i Xose Karlos Teruel. 

Qayd etilishicha, oxirgi o‘n yil ichida Suvaysh kanali orqali o‘tgan kemalar bilan kelib qolgan Osiyo suvo‘tlari Gibraltar bo‘g‘ozi sohillarini egallab olgan.  

Rugulopterix okamurae — dengiz suvo‘tlarining bir turi bo‘lib, asosan Yaponiya, Xitoy, Koreya, Tayvan va Filippin sohillarida o‘sadi. Oxirgi yillarda bu suvo‘tlar O‘rtayer dengizi va Atlantika okeanida shiddat bilan tarqalmoqda. Ular mahalliy o‘simliklarni siqib chiqarib, dengiz tubini gilam singari qoplamoqda. Bu esa ekotizimning o‘zgarishi va bioxilma-xillikning pasayishiga hamda baliqchilik va turizmda qiyinchiliklar paydo bo‘lishiga olib kelmoqda.

Mavzuga oid