Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Trampning sabri tugamoqda» – Rubio
AQSh prezidenti Donald Trampning «sabri tugamoqda», lekin u hali ham Ukraina mojarosi hal etilishidan manfaatdor va nizo yakunlanishi borasida aniq qadamlarni ko‘rmoqchi, dedi AQSh davlat kotibi Marko Rubio Fox News’ga bergan intervyusida.

Foto: Brendan Smialowski/AFP via Getty Images
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya bilan muloqotlar «hech qanday natija olib kelmayotganidan» Trampning hafsalasi pir bo‘lgan.
«Uning [AQSh prezidentining] sabri tugamoqda va Rossiya tomoni bu urushni tugatish uchun biror-bir chora ko‘rishini uzoq kutmoqchi emas», — dedi Rubio.
Amerika yetakchisi iyul o‘rtalarida «Rossiyadan juda norozi» ekanini aytgan va agarda Ukrainadagi urushni to‘xtatish borasida kelishuvga erishilmaydigan bo‘lsa, «100 foizlik» ikkilamchi bojlar kiritish bilan tahdid qilgandi. U buning uchun 50 kun muhlat bergan. Shu bilan birga, Tramp hech kimning tarafida emasligini ta’kidlagandi.
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Oq uyning bu iddaosiga javoban, Trampning bayonoti «ancha keskin uslubga ega» ekanini aytgandi. Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Qo‘shma Shtatlar bilan muloqotni davom ettirish niyatida hamda Vashington nizoni hal qilish yo‘lidagi harakatlarini davom ettirishiga umid qilmoqda. Kreml Trampning bojlar haqidagi gapini «juda jiddiy» deb atadi va buni tahlil qilishga va’da berdi.
Mavzuga oid

20:11
NYT: Pentagon Trampning samolyotini qayta jihozlash uchun 934 mln dollar yo‘naltirdi

18:30
Sun’iy intellekt sohasida AQSh yetakchi, Xitoy ikkinchi o‘rinda

20:02 / 26.07.2025
AQSh va Xitoy vakillari BMT Xavfsizlik Kengashida Ukraina bo‘yicha janjallashdi

19:00 / 26.07.2025