Jamiyat | 14:32 / 28.07.2025
2347
2 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda soliq inspektoriga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Inspektor talab qilingan pul mablag‘ini olgan vaqtida ushlandi.

Foto: DXX

Buxoro shahrida faoliyat yurituvchi MChJ tomonidan 2024 yil noyabr-dekabr hamda 2025 yil yanvar-fevral oylari uchun jamiyatni aylanmadan olinadigan soliq hisoboti va daromad soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim etmagani uchun MChJ rahbariga nisbatan Buxoro shahar soliq inspeksiyasi tomonidan ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qarorga asosan MIB Buxoro shahar bo‘limi tomonidan ijro ishi qo‘zg‘atilgan

O‘z navbatida, jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudi tomonidan esa MChJga nisbatan qo‘llangan jazoni bekor qilish to‘g‘risida qaror chiqarilgan. 

Ammo, Buxoro shahar davlat soliq inspeksiyasi shu’ba bosh inspektori sud qaroriga asosan MChJ rahbarining mol-mulkiga qo‘yilgan taqiqni bekor qilish evaziga 400 AQSh dollari talab qiladi. 

DXX va IJQK departamenti viloyat boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda inspektor talab qilingan pul mablag‘ini olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid