Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda AYoQSh sifatsiz neft mahsulotini sotuvga chiqargani aniqlandi
Sifatsiz neft mahsulotini sotuvga chiqargan AYoQShga nisbatan chora ko‘rildi.

Foto: O‘zenergoinspeksiya
O‘zenergoinspeksiya Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan nazorat tadbiri o‘tkazildi.
Unda, «Q.R.» MChJga qarashli AYoQShda sotilayotgan dizel yoqilg‘isidan namunalar olinib, laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsiz) aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida O‘zbekiston Respublikasi 940-sonli qonunining 43-moddasiga asosan realizatsiya qilingan tovar qiymatining 50 foizi miqdorida jami 24,1 mln so‘m miqdorida iqtisodiy sanksiya qo‘llandi.
Aniqlangan qoldiq saqlanayotgan sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqarmaslik va sifatini qayta tiklash lozimligi bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Mavzuga oid

18:23 / 31.07.2025
Toshkentdagi plyajda dam oluvchilardan biri cho‘kib ketdi

14:28 / 31.07.2025
Toshkentdan Samarqand va Andijonga pulli yo‘llar qurilishi 2026 yilda boshlanishi mumkin

22:20 / 30.07.2025
Tashkent City Mall'da JW Marriott mehmonxonasi ochiladi

14:13 / 30.07.2025