O‘zbekiston | 14:13 / 30.07.2025
28327
4 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda o‘nlab ko‘p qavatli uylar qurilishi to‘xtatildi: ro‘yxat (yangilandi)

Poytaxt hokimligi 59 ta obektda qurilish to‘xtatilib, elektr tarmog‘idan uzib qo‘yilgani haqida xabar bergandi. “Aynan qaysi obektlar?” degan so‘rovlardan keyin, hokimlik qurilishi to‘xtatilgan tashkilotlarni onlayn tekshirish imkoniyatini yaratdi. Kun.uz ro‘yxatga kiritilgan 45 ta kompaniya va 10 nafar jismoniy shaxsni aniqladi.

Foto: Kun.uz

26 iyul kuni Toshkent shahar hokimligi hujjatlari to‘liq bo‘lmagan 59 ta obektda qurilish ishlari butunlay to‘xtatilgani, obektlar elektr ta’minotidan uzib qo‘yilganini ma’lum qilgandi. Shunga qaramay, hokimiyat aynan qaysi obektlar haqida gap ketayotganini ochiqlamagan edi.

29 iyulda Kun.uz'ning bu boradagi so‘roviga javoban, hokimlik matbuot xizmati: “Bulardan 2-3 tasi hujjatlarini to‘g‘rilab, faoliyatini tiklab bo‘ldi. Hozir nomlarini e’lon qilsak, panika bo‘lib ketib, qurilish tashkilotlarining ishbilarmonlik obro‘siga putur yetadi, shunga chiqarmay turibmiz”, deya izoh berdi.

Hokimlik bugun, 30 iyul kuni qurilishi to‘xtatilgan tashkilotlarni onlayn tekshirish imkoniyatini yaratdi. Bu – qurilishga oid murojaatlarning ko‘pligi bilan izohlangan. Ro‘yxat onlayn tarzda yangilanib bormoqda: kamchiliklarni bartaraf etgan quruvchi tashkilotlar ro‘yxatdan chiqariladi, yangi aniqlangan tashkilotlar qo‘shiladi.

Onlayn ro‘yxatdan tekshirish uchun obekt egasining nomini kiritish kerak. Kun.uz ushbu ro‘yxatga kiritilgan tashkilotlar (shuningdek, jismoniy shaxslar ham bor) orasidan 55 tasining nomini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi.

Qurilish to‘xtatilgan tashkilotlar:

  1. “AAA Construction House” MChJ
  2. “Amirxo'ja Kapital Savdo” MChJ
  3. “Aql Manbai” MChJ
  4. “AZ Ruhdil Savdo” MChJ
  5. “Bakhramov B Invest” MChJ
  6. “Best Building Company” MChJ
  7. “BMB Ishonchli Biznes” MChJ
  8. “Central Park City” MChJ
  9. “City Oil” MChJ
  10. “Farxod Farovon Lyuks” MChJ
  11. “Ferrobeton” MChJ
  12. “Firdavs-business” MChJ
  13. “Flower House Group” MChJ
  14. “Gold Dream-House” MChJ
  15. “Grand-Express-Service” MChJ
  16. “Gratis-Buildings” MChJ
  17. “Guangdong Trade Association” MChJ
  18. “Humo-NTD-Avtoservis” MChJ
  19. “Ikat Baraka Group” MChJ
  20. “Kafil Invest” MChJ
  21. “Ko'chmas Mulk Lizing” MChJ
  22. “Kumush Invest-Stroy” MChJ
  23. “Master Media Production and Broadcast” MChJ
  24. “Mikrokreditbank” ATB
  25. “Nejin Parranda” MChJ
  26. “Nur Ziyod Fayz Biznes” MChJ
  27. “O2-Development” MChJ
  28. “Oltin baliq” MChJ
  29. “Omad Hamkor Humoyun” MChJ
  30. “Perfect-Mansions” MChJ
  31. “Peshko' Start Invest Qurilish” MChJ
  32. “Project Build Group” MChJ
  33. “Silk Road Ceramic” MChJ
  34. “Somon-Savdo” MChJ
  35. “Strong and Perfect Houses” MChJ
  36. “Strong Sitiy Madad” MChJ
  37. “Stroy-Golden Grand” MChJ
  38. “Sunlight Dream” MChJ
  39. “Turon Meros” MChJ
  40. “Vivat Mebel” MChJ
  41. “Yangi Asr Uylari” MChJ
  42. “Yangi Darxon Stroy Invest” MChJ
  43. “Yangihayot Stroy Group” MChJ
  44. “Zamon Binolar” MChJ

Bir muddat oldin ro‘yxatda bo‘lgan “Deko-Kron” MChJ ayni paytga kelib ro‘yxatdan chiqarilgan.

Jismoniy shaxslar:

  1. Alimbayeva Vazira Ahmatovna
  2. Igamkulov Isa
  3. Mirzaraimov Baxodir Toxir o'g'li
  4. Muxamedov F.
  5. Osimov Axtam Ahmadovich
  6. Sagatov Nodir Nigmanovich
  7. Samandarov Azizbek
  8. Xabarov Vitaliy Nikolayevich
  9. A.B.Zakirov
  10. Sharapova Firuza Sadridinovna

Eslatma: Bu ro‘yxat to‘liq bo‘lmasligi mumkin. Ro‘yxatdagi tashkilotlar qurilish hujjatlarini olganidan keyin, qonuniy ravishda qurilishini davom ettirishi mumkin.

Mavzuga oid