Jamiyat | 22:24 / 01.08.2025
6872
1 daqiqa o‘qiladi

Andijonda alimentdan qochib yurgan erkak hiyla bilan tuzoqqa tushirildi

MIB xodimlari u bilan «romantik yozishma» orqali bog‘lanib, uchrashuvga taklif qilgan.

Foto: MIB

Andijon MIB xodimlari qarzdor erkakni ushlash uchun «maxsus uchrashuv» uyushtirdi.

Qidiruvdagi erkak 2 yildan buyon voyaga yetmagan farzandlarini boqishdan bo‘yin tovlab kelgan va qarzdorlik 59 mln so‘mga yetgan.

MIB xodimlari telegram messenjerida u bilan ayol kishi nomidan romantik yozishma boshlagan. So‘ngra qarzdor erkak uchrashuvga taklif qilingan.

Alimentchi ota «uchrashuv» uchun kafega kelgan vaqtda qo‘lga olingan.

Mavzuga oid