O‘zbekiston | 13:11 / 01.08.2025
2239
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston yana bir xalqaro shartnomaga qo‘shildi

“Xalqaro shartnomaga qo‘shilish to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. 

Foto: Ramil Sitdikov

Qarorga muvofiq, O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlatlararo kengash tuzish to‘g‘risidagi bitimga qo‘shildi

Ushbu bitim 2013 yil 25 oktyabr kuni Minsk shahrida imzolangan. 

Tashqi ishlar vazirligi shartnomani amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan vakolatli organ to‘g‘risida tegishli bildirishnomani depozitariyga yuboradi. 

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin uning qoidalari bajarilishini ta’minlaydi.

Mavzuga oid