Jamiyat | 18:45 / 01.08.2025
12853
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda 10 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Avariyaga yuk mashinasi haydovchisi uxlab qolgani sabab bo‘lgan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatida yuk mashinasi haydovchisi sudirgi tutib qolishi natijasida boshqaruvni yo‘qotib, 10 ga yaqin avtomobilni urib ketgani haqida video tarqaldi.

Videoda yuk mashinasi o‘z yo‘nalishidagi 9 ta avtomobilga zarar yetkazganini ko‘rish mumkin. 

Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati aniqlik kiritishicha, ushbu holat 1 avgust kuni soat 13:30 larda Yangihayot tumani, Choshtepa ko‘chasida ro‘y bergan.

Hodisaga haydovchining salomatligidagi muammo emas, balki u charchoq tufayli uxlab qolgani sabab bo‘lgan. U tongga yaqin Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridan kelgan, ammo dam olmasdan, yana ortga qaytayotgan bo‘lgan.

Yuk mashinasi svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan ikkita Lacetti, shuningdek, Captiva, Spark, Onix, Malibu 2, Cobalt, Hyundai, Tracker 2 avtomashinalarini shikastlagan.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida jarohatlanganlar yo‘q.

Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid