Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Quyoshda kuchli chaqnash ro‘y berdi
Chaqnash 11 daqiqa davom etgan.

Foto: SDO/ NASA
3 avgust kuni Quyoshda eng yuqori toifadan bir pog‘ona past quvvatli (M toifasidagi) chaqnash ro‘y berdi, deb ma’lum qildi Rossiya Amaliy geofizika instituti.
Xabarda aytilishicha, Toshkent vaqti bilan soat 18:57da M2.9 toifasidagi chaqnash sodir bo‘lgan va u 11 daqiqa davom etgan.
Quyoshdagi chaqnashlar rentgen nurlanishi quvvatiga qarab A, B, C, M va X toifalariga bo‘linadi. A0.0 toifasida Yer orbitasidagi nurlanish quvvati 1 kvadrat metrga 10 nanovattga teng. Har bir keyingi toifada quvvat 10 martaga oshib boradi. Chaqnashlar Yerda magnit bo‘ronlarini keltirib chiqarishi mumkin.
Mavzuga oid

13:02 / 29.07.2025
Quyoshda qolgan ichimliklar gormonal buzilish va boshqa xavfli kasalliklarni yuzaga keltirishi mumkin

21:37 / 14.05.2025
Quyoshda 2025 yildagi eng kuchli chaqnash yuz berdi

16:48 / 21.01.2025
Sayyoralar paradi: 21 yanvar kuni oltita sayyora bir safga tiziladi

14:19 / 04.01.2025