Jahon | 07:09
1654
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyalik hakerlar o‘zini "Kasperskiy laboratoriyasi" sifatida ko‘rsatgan

FSBga aloqadorligi aytilayotgan Secret Blizzard guruhi Moskvadagi elchixonalarga hujum qildi. Hakerlar o‘zini "Kasperskiy laboratoriyasi" sifatida yashirib ko‘rsatgan, deya xabar beradi Microsoft.

Foto: Andrey Lyubimov / RBK

Rossiyaning Turla nomi bilan ham tanilgan va FSBga aloqadorligi aytiluvchi Secret Blizzard hakerlar guruhi kibertahdidlardan himoyalanish bo‘yicha yechimlarni taklif qiluvchi taniqli rus kompaniyasi "Kasperskiy laboratoriyasi" sifatida o‘zini ko‘rsatgan. Microsoft xabariga ko‘ra, hakerlar Moskvadagi xorijiy elchixonalarni nishonga olgan.

Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, Turla hakerlari o‘zining zararli dasturlarini "Kasperskiy" antivirus dasturlari sifatida tarqatgan. Gap ApolloShadow dasturi haqida bormoqda, Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, u jabrlanuvchining qurilmalaridan shifrlashni olib tashlaydi, buning natijasida ularning internetdagi faolligi — ko‘rilgan veb-sahifalar va maxfiy ma’lumotlar hakerlar qo‘liga tushishi mumkin. Zararlangan kompyuterlar kuzatuv oldida butunlay himoyasiz bo‘lib qoladi.

Microsoft qayd etganidek, bu internet-provayderlar darajasida kiberjosuslikni amalga oshirgan hakerlar haqida birinchi ma’lum bo‘lgan hodisadir. Aftidan, Turla hujum uchun ularga davlat tomonidan taqdim etilgan imkoniyatdan foydalangan, shuning uchun Rossiya provayderlari xizmatlaridan foydalanadigan xorijiy tashkilotlar va diplomatik vakillar xavf ostida.

Xorijiy elchixonalarga qarshi hakerlik kampaniyasi kamida 2024 yildan beri davom etmoqda. Shu bilan birga, Microsoft hakerlar hujumiga uchragan diplomatik vakolatxonalarni ma’lum qilmagan.

 

Mavzuga oid