Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand viloyatining ikki tumanida hokim o‘zgardi
Payariq tumanida Isroil Jabborov o‘rniga Shunqor Xudoyberdiyev, Toyloq tumanida Bahodir Bobonazarov o‘rniga Behzod Rahmatullayev yangi hokim sifatida ish boshladi.
Samarqand viloyatining Payariq va Toyloq tumaniga yangi hokimlar tayinlandi.
Bugun, 5 avgust kuni xalq deputatlari Payariq tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rilib, tuman hokimi Isroil Jabborov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod qilingan.
Sessiyada Shunqor Xudoyberdiyev Payariq tumani hokimi etib tasdiqlangan.

Shunqor Xudoyberdiyev 1971 yilda Past Darg‘om tumanida tug‘ilgan. 1988–1993 yillarda Samarqand qishloq xo‘jalik institutida tahsil olgan.
U 2016–2019 yillarda Samarqand viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bo‘lgan, 2019 yilda Past Darg‘om tumani hokimi lavozimiga tayinlangan. 2023 yil aprelidan bugunga qadar u Samarqand viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgandi.
2023 yil avgust oyidan Payariq tumaniga rahbarlik qilib kelgan Isroil Jabborov oldinroq tadbirkor mulkini sudning hal qiluv qarori kuchga kirmasdan ichidagi texnikalari bilan birga buzdirib tashlagani bilan OAV e’tiboriga tushgandi.

O‘shanda u binoni buzish uchun olib borilgan texnika haydovchisiga «Bos! Tozala!» deya topshiriq bergan edi.
Ayni vaqtda u qaysi lavozimga o‘tkazilayotgani ma’lum emas.
Bugun xalq deputatlari Toyloq tumani kengashining ham navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazilib, Bahodir Bobonazarov o‘z arizasiga ko‘ra tuman hokimi vazifasidan ozod etildi. U tumanga 2018 yil avgustidan buyon rahbarlik qilib kelayotgandi.

Viloyat rahbari Adiz Boboyev deputatlarga Behzod Rahmatullayevich Rahmatullayev nomzodini Toyloq tumani hokimi etib tayinlash taklifini bildirdi. Nomzod deputatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.
Behzod Rahmatullayev tayinlovga qadar Samarqand viloyati hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari vazifasida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Sessiyada tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab berildi.
Mavzuga oid

23:37 / 01.05.2025
Payariq hokimining ta’qibi ortidan qamalgan tadbirkorni Oliy sud ozod qildi

19:21 / 29.04.2025
Payariq hokimi tadbirkorning binosini buzdirib tashladi, prokuror bu qonunsizlikka tomoshabin bo‘lib turdi

18:12 / 09.11.2024
Bir chuqurdagi ikki murda – Payariqdagi qotillik tafsiloti

16:43 / 07.10.2024