Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ruminiya sobiq prezidenti Ion Iliyesku 95 yoshida vafot etdi
Nikolaye Chaushesku rejimi qulaganidan keyin mamlakatni boshqargan sobiq prezident Ion Iliyesku 95 yoshida Buxarest kasalxonasida vafot etdi. 2017 yilda unga nisbatan insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblov qo‘yilgandi.

Ion Iliyesku Foto: Daniel Mihailescu/AFP
Ruminiyaning sobiq prezidenti, 1989-1996 va 2000-2004 yillarda mamlakatni boshqargan Ion Iliyesku 5 avgust, seshanba kuni 95 yoshida vafot etdi.
Mamlakat hukumati tarqatgan bayonotda aytilishicha, siyosatchi professor Agrippa Ionesku nomidagi klinik tez yordam shifoxonasida vafot etgan. Tibbiyot markazi sobiq prezident mahalliy vaqt bilan soat 15:55 da vafot etganini ma’lum qildi. Iliyesku u yerda iyun oyining boshidan beri edi, u intensiv terapiya bo‘limiga yotqizilgan va unga o‘pka saratoni tashxisi qo‘yilgan. O‘tgan hafta shifokorlar siyosatchining ahvoli «og‘ir» ekanini ma’lum qilgan edi.
Iliyesku 1930 yil 3 martda tug‘ilgan. Katta siyosatdagi faoliyatini 1967 yilda yoshlar ishlari vaziri sifatida boshlagan. O‘sha paytda mahalliy hukmron Kommunistik partiya va Ruminiya Sotsialistik Respublikasi Kengashiga Nikolaye Chaushesku rahbarlik qilgan.
1989 yildagi inqilob natijasida Chaushesku rejimi qulaganidan so‘ng hokimiyat tepasiga Iliyesku keldi va o‘zini o‘tish davri hukumati rahbari deb e’lon qildi. 1990 yil may oyida u mamlakatdagi birinchi demokratik saylovlarda g‘alaba qozondi. 2004 yilda ikkinchi prezidentlik muddati tugagach, Iliyesku Ruminiyaning NATOga qo‘shilishiga erishdi va mamlakat 2007 yilda qo‘shilgan Yevropa Ittifoqi bilan assotsiatsiya shartnomasini imzoladi.
Mavzuga oid

14:20 / 23.05.2025
Ruminiyada prezidentlik saylovlari natijasi bo‘yicha shikoyat rad etildi

12:55 / 19.05.2025
Telegram asoschisi Ruminiyada senzura joriy etishdan bosh tortdi

12:16 / 19.05.2025
Ruminiyada prezidentlik saylovida Buxarest meri g‘alaba qozondi

11:30 / 06.05.2025