Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Rossiya neftini sotib olayotgan Hindistonga sanksiya joriy qildi
Oq uy rahbari hind tovarlariga 25 foizlik boj joriy etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Foto: Bloomberg
AQSh prezidenti Donald Tramp Hindistondan import qilinadigan tovarlarga 25 foiz miqdorida qo‘shimcha boj joriy etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Hujjatda aytilishicha, chora Hindiston tomonidan Rossiya neftini sotib olish davom etayotgani bilan bog‘liq, bu esa, AQSh ma’muriyatining qayd etishicha, Rossiyaning Ukrainadagi urushini moliyalashtirishga yordam beradi. Bojlar farmon imzolanganidan 21 kun o‘tib - 2025 yil 27 avgustdan kuchga kiradi.
Hujjatda qayd etilishicha, Hindiston hukumati «to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita Rossiya neftini import qilmoqda», bu esa AQSh milliy xavfsizligiga tahdid soladi. Yangi tariflar hind tovarlari uchun mavjud boj va yig‘imlarga qo‘shimcha ravishda amal qiladi. Faqat boshqa savdo choralari ta’siriga tushadigan yoki maxsus bojxona zonalarida joylashgan tovarlar bundan mustasno. Xuddi shunday tariflar, hujjat matniga ko‘ra, Rossiya neftini sotib oluvchi boshqa mamlakatlarga nisbatan ham belgilanishi mumkin.
Avvalroq Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida Hindistonni nafaqat katta miqdorda Rossiya neftini sotib olayotganlikda, balki uni ochiq bozorda katta foyda bilan qayta sotayotganlikda ham ayblagan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Hindistonni Ukrainadagi urush qurbonlari tashvishga solmayapti.
2024 yilda Amerika 87 mlrd dollarlik Hindiston mahsulotlarini import qilgan bo‘lsa, Hindiston Amerika mahsulotlarini atigi 42 mlrd dollarga sotib oldi. AQSh Hindistondan import qiladigan tovarlar asosini farmatsevtika mahsulotlari, telekommunikatsiya uskunalari va to‘qimachilik mahsulotlari tashkil etadi.
Rossiyaning Hindiston neft importidagi ulushi 2017 yildagi 1 foizdan 2024 yilga kelib 30 foizga oshdi, bu esa Moskvani Nyu-Dehlining eng yirik savdo hamkorlaridan biriga aylantirdi.
Mavzuga oid

00:32
Tramp kelasi hafta Putin bilan uchrashishni rejalashtirmoqda – NYT

23:37 / 06.08.2025
Endi Rossiya o‘t ochishni to‘xtatishga ko‘proq moyil ko‘rinmoqda – Zelenskiy

23:34 / 06.08.2025
Modi 7 yil ichida birinchi marta Xitoyga tashrif buyuradi

23:02 / 06.08.2025