Jamiyat | 18:00 / 07.08.2025
908
6 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Omnikanalli platformalar – mijoz bilan muloqotning yaqin kelajagi

O‘zbekistonda raqamli transformatsiya jarayonlari shiddat bilan kechmoqda. Elektron tijoratning o‘sish sur’ati, davlat xizmatlarining raqamlashuvi va internet foydalanuvchilar sonining ortishi biznes uchun ulkan imkoniyatlar bilan birga yangi chaqiriqlarni ham keltirmoqda. Mijozlar tez, qulay va tushunarli muloqotni kutayotgan bir paytda, kompaniyalar ularning ehtiyojlariga mos ravishda mijozlar bilan munosabatni qayta ko‘rib chiqishiga to‘g‘ri kelyapti.

Yaqin yillarda O‘zbekistonda elektron tijorat bozori yanada kattalashadi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2027 yilga borib faqat mahalliy marketpleyslar orqali amalga oshiriladigan savdo hajmi 1 mlrd dollardan oshib ketadi. Bu raqamlar shundan dalolat beradiki, raqamli muhitda faoliyat yurituvchi har bir biznes uchun mijoz bilan muloqot strategiyasi asosiy raqobat quroliga aylanmoqda.

Shu bilan birga, mijozlarning muloqotga bo‘lgan munosabati ham o‘zgarmoqda. Ular SMS yoki telefon qo‘ng‘irog‘i orqali emas, Telegram, WhatsApp, Instagram kabi messenjerlar orqali savol berishni, ma’lumot olishni yoki buyurtma qilishni afzal ko‘rishmoqda.

Tarmoqlarga bo‘linib ketgan xizmatlar — ishonchsizlik sababi

Hozirgi kunda ko‘plab kompaniyalar bir nechta alohida xizmatlar — masalan, alohida SMS platformasi, koll-markaz, ijtimoiy tarmoqlar uchun SMM menejer kabi xizmatlardan foydalanadi. Ammo ushbu usullar tezkor, yaxlit va samarali muloqot uchun noqulaylik keltirib chiqaradi: mijoz so‘roviga kech javob berish, ikki marta bir xil xabar yuborish, murojaat tarixini yo‘qotish kabi holatlar ko‘p uchraydi.

Aynan shunday muammolarni hal etish uchun dunyoda omnikanal platformalar yaratildi.

Omnikanal platforma nima va nima uchun muhim?

Omnikanal platforma – bu barcha aloqa kanallarini (SMS, elektron pochta, messenjerlar, qo‘ng‘iroqlar va boshqalar) yagona tizimda birlashtiruvchi texnologik yechimdir. Bunday platforma orqali kompaniyalar:

· mijozning avvalgi murojaatlarini ko‘radi,

· qaysi kanal orqali muloqot qulay ekanini aniqlaydi,

· avtomatlashtirilgan javoblar orqali tezkorlikka erishadi,

· ortiqcha takroriy xabarlarni yubormaydi.

Ya’ni biznes – mijoz bilan real vaqtda, kontekst asosida, uzluksiz muloqot qurish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Infobip: mijoz bilan muloqotni avtomatlashtiruvchi global yechim

Dunyo bo‘ylab millionlab foydalanuvchilarga yetib borishni ta’minlovchi global platforma — Infobip, O‘zbekiston bozorida ham o‘z faoliyatini kengaytira boshladi. Kompaniya omnikanal yechimlarni taklif etib, biznes uchun mijoz bilan muloqotning har bir bosqichini optimallashtiradi:

· SMS, WhatsApp, Telegram, email, push-xabarlar va boshqa kanallar orqali xabarlarni yuborish

· Barcha kanallar uchun yagona interfeysda mijozlar bilan aloqa qilish

· Chat-botlar orqali tez javob berish va 24/7 muloqotni ta’minlash

· Mijoz ma’lumotlarini to‘plash, segmentlash va saqlash

· Ijtimoiy tarmoqlarda mijoz so‘rovlarini avtomatik qayta ishlash

· Xavfsiz identifikatsiya va autentifikatsiya yechimlari

Bu orqali info-markaz, chakana savdo, bank yoki tibbiy xizmat sohasidagi biznes o‘z mijozlariga qulay, ishonchli va shaxsiy yechim taklif qila oladi.

Tayyor yechim – natijalar ham aniq

Infobip tomonidan Lotin Amerikasidagi “Unilever” brendi uchun amalga oshirilgan omnikanal kampaniyasi bunga yaqqol misoldir. Kompaniya WhatsApp orqali interaktiv chat-bot ishga tushirdi, mijozlarga chegirmalar va foydali maslahatlar taklif qildi. Bir hafta ichida 12 000 dan ortiq mijoz 290 000 xabar yubordi va sotuvlar 14 barobarga oshdi.

Bunday tajriba O‘zbekiston bozori uchun ham o‘ta dolzarb. Axir bu yerda messenjerlar foydalanuvchilari soni keskin ortib bormoqda va mijozlar nafaqat mahsulot, balki qulay xizmatni ham talab qilmoqda.

Infobip kompaniyasining Yevrosiyo bo‘yicha bosh direktori Ruslana Reznikova quyidagilarni ta’kidlaydi:

“O‘zbekiston — Markaziy Osiyodagi eng istiqbolli raqamli bozorlardan biri. Bizning texnologiyalarimiz mamlakatda xizmat ko‘rsatish sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi va mijoz bilan muloqotni butunlay yangi bosqichga olib chiqadi”.

Aynan shu sabab Infobip — bugun dunyo bo‘ylab milliardlab qurilmalarga bog‘langan, 9700+ aloqa operatoriga ulangan yetakchi kommunikatsiya platformasi sifatida O‘zbekistondagi bizneslar uchun strategik hamkorga aylanishi mumkin.

Biznesdagi muvaffaqiyat — mijoz bilan to‘g‘ri muloqotdan boshlanadi

Raqamlashish shiddatida faqat mahsulot yoki xizmat sifati emas, balki mijozga qanday yetib borish ham muhim ahamiyatga ega. Omnikanal yondashuv biznes uchun nafaqat mijoz bilan aloqani yaxshilash, balki ishonchni mustahkamlash, brendingni kuchaytirish va raqobatda yutib chiqish imkoniyatini beradi. O‘zbekistondagi kompaniyalar uchun esa bugun — aynan shunday platformalarni joriy etish va raqamli transformatsiyani jadallashtirish vaqti keldi.

Sayt: https://www.infobip.com/

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid