Jahon | 01:25
4316
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp uysizlarni Vashington tashqarisiga chiqarib yubormoqchi

Avvalroq Tramp Vashingtonda jinoyatchilik darajasi o‘sishi ortidan shaharga milliy gvardiya qo‘shinlari kiritilishi mumkinligini aytgandi.

Foto: Bloomberg

AQSh prezidenti Donald Tramp Vashingtondagi uysizlarni poytaxtdan chiqarib yubormoqchiligini ma’lum qildi.

"Men poytaxtimizni har qachongidan xavfsiz va go‘zalroq qilmoqchiman. Uysizlar zudlik bilan chiqib ketishi kerak. Biz sizlarga poytaxtdan uzoqda yashash uchun joy beramiz. Jinoyatchilar ketmasa ham bo‘ladi – barchangizni qamoqxonaga jo‘natamiz. Barchasi juda tez bo‘ladi", - deb yozdi Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.

Payshanba kuni Tramp Vashingtonda jinoyatchilik darajasi o‘sishi ortidan shaharga milliy gvardiya qo‘shinlari kiritilishi mumkinligini aytgandi. 

CNN telekanalining bildirishicha, AQSh immigratsiya va bojxona politsiyasi federal agentlari, FQB, milliy gvardiya va ichki xavfsizlik vazirligi Vashingtonda qo‘shinlar joylashtirilishiga tayyor turish bo‘yicha ko‘rsatma olgan.

Mavzuga oid