Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rio-2016: AQShlik ayol yuguruvchilar estafeta finaliga ikkinchi urinishdan keyingina chiqa oldilar

AQShlik ayol yuguruvchilar terma jamoasi 4x100 estafeta yugurishi bahsining finaliga faqatgina ikkinchi urinishdan keyingina chiqa oldilar. Yarim final bahsida amerikalik yuguruvchilar estafeta tayoqchasini qo‘llaridan tushirib yuborganlar. Qoida bo‘yicha, estafeta tayoqchasini yo‘qotish chetlatish bilan jazolanadi. AQShlik yuguruvchilar mojaroli tarzda o‘zlariga ikkinchi urinishni amalga oshirishga erisha oldilar, chunki ular tayoqchani raqiblari aybi bilan yo‘qotganlari e'lon qilingan. IAAF hakami ikki yarim final yugurishidan tashqari, AQSh terma jamoasi uchungina yana bitta qo‘shimcha yugurishni uyushtirishga qaror qildi.
Amerikalik sportchilar yarim final bahslaridan bir necha soat keyin o‘zlariga berilgan imkoniyatdan foydalanishdi. Tianna Bartoletta, Elison Feliks, Inglish Gardner va Morolake Akinosundan iborat AQSh terma jamoasi masofani 41,77 soniyada yarim finaldagi eng yaxshi natija bilan yugurib o‘tdi. 2-natijani Yamayka terma jamoasi ko‘rsatdi.
Hakamlarning bu qaroridan Xitoy terma jamoasi norozilik bildirdi, chunki ular 8-vaqt bilan finalga chiqqan edilar. Endi esa ular AQShlik sportchilar finalga o‘tganlaridan keyin, final bosqichi ishtirokchilari qatoridan chiqib ketishlariga to‘g‘ri keladi.
Mavzuga oid

18:13 / 12.07.2025
Tramp 1 avgustdan Yevropa Ittifoqi tovarlariga 30 foizlik boj joriy qildi

09:34 / 12.07.2025
Zelenskiy: AQShdan Ukrainaga qurol yetkazib berish qayta tiklandi

08:17 / 12.07.2025
Tramp mis importiga 50 foizlik bojlar qachon joriy etilishini aytdi

02:32 / 12.07.2025